Moliya vazirligi 2020 yil davomida davlat buyurtmaçilari tomonidan amalga oşirilgan xaridlar infografiyasini e'lon qildi. Unga köra, ötgan yili jami 124 trillion 89 milliard 400 million sömlik xaridlar amalga oşirilgan.

Şundan 42 trillion 629 milliard 400 million sömi (34 foiz) budjet buyurtmaçilari, 40 trillion 476 milliard 400 million sömi (33 foiz) korporativ buyurtmaçilar, 40 trillion 983 milliard 600 million sömi (33 foiz) strategik buyurtmaçilar hissasiga töğri keladi.

2020 yil davomida davlat xaridlari jarayonlarida eng faol bölgan budjet buyurtmaçilari qatorida soğliqni saqlaş sohasi (6 trillion 709 milliard 800 million söm), suv xöjaligi (5 trillion 451 milliard 800 million söm), avtomobil yöllari (5 trillion 182 milliard 100 million söm), xalq ta'limi (3 trillion 802 milliard 900 million söm) va uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasi (3 trillion 743 milliard 100 million söm) qayd etilgan.

Şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati sohasiga umumiy xaridlar  summasining 7,3 foizi, maktabgaça ta'limga 7,1 foizi, geologiya va mineral resurslarga 3,8 foizi, oliy va örta maxsus ta'limga 2,4 foizi va boşqa sohalarga 20,9 foizi töğri keldi.

Ma'lum qilinişiça, budjet buyurtmaçilari xaridlaridagi pullar ta'mirlaş, quriliş va rekonstruksiya işlari, kommunal xizmatlar, dori-darmon, tibbiyot buyumlari, vaksinalari va bakteriologik preparatlar, jihozlar, transport vositalari, texnik asbob-uskunalar va boşqalarga sarflangan.

Xususan, 2020 yil davomida Soğliqni saqlaş tizimida amalga oşirilgan xaridlarning tovar (iş, xizmat)lar kesimidagi tahlilida quriliş va rekonstruksiya hissasi 2 trillion 261 milliard 100 million sömni (33 foiz), dori-darmon, tibbiyot buyumlari (19,5 foiz) 1 trillion 300 milliard 900 million sömni, oziq-ovqat xaridlari 550 milliard 700 million sömni, ta'mirlaş (joriy, kapital) 474 milliard 2 million sömni, asosiy vositalar esa 447 milliard 700 million sömni taşkil etgan.