Tadbirkor bilan suhbatimizda uning tadbirkorlik faoliyatidan taşqari, bir neçta ijtimoiy masalalardagi fikrlari bilan ham qiziqdik.

«Bitta qaror bilan startaplarni köpaytirib bölmaydi»

— Özbekiston uçun startaplar – yangi jarayon. 4-5 yil oldin hatto dollarni konvertatsiya qila olmaydigan davlatda yaşardik. Ammo ayni paytda ham mamlakatimizda startaplar boşlaş uçun muammolar bor.

Birinçi muammo butun dunyoda startaplarni uşlab turadigan va qöllab-quvvatlaydigan vençur fondlar, ya'ni investitsion fondlar Özbekistonda yöq. Jahonda yangi paydo bölgan startap ğoyalariga investorlar işonç bildirib, qöllab-quvvatlaydi. Ular biladi, 10 ta startapdan 1-2 tasigina muvaffaqiyatli çiqadi, ba'zida 10 tasi ham muvaffaqiyatsiz bölişi mumkin. Lekin orada bittasi muvaffaqiyatli bölsa, bu qolgan hamma startaplarga ketgan investitsiyani oqlab ketadi.

Özbekistonda bu funksiyani banklar bajara olmaydi. Banklar investor sifatida startapga pul tikişi qiyin. Davlat turli imtiyozlar bilan bergan investitsiyalar aslida qaysi yöllar bilan, qayerga ketişini köpçiligimiz körib turibmiz.

Ikkinçidan, infratuzilma muammosi. Biz startaplar haqida gapiryapmiz, lekin şu vaqtning özida hatto viloyat markazlarida ham energotizim barqaror emas.

Internet sifati va tezligini qöyib turing, bir sutkada 2-3 soat çiroq yongan holatlarga duç keldik. Şunga öxşaş holat Qarşi şahrida böldi, u yerda filialimiz bor.

Elektr toki, gaz, suv, yöl, sifatli internet, temir yöllar, havo yöllar kabi infratuzilmalardagi muammolarni yeçmasak, bu muammolar bir neça yillar davomida bizni orqaga tortişda davom etadi. Hatto qilingan köplab işlarni havoga uçiradi.

Uçinçidan, kadrlar muammosi. Ta'lim tizimi zamondan orqada qolgani, bilimli kadrlar qadrlanmagani natijasida köplab kadrlar ketdi. Içkaridan çiqqan kadrlar esa afsuski jahon talablariga javob bermaydi.

Törtinçidan, mentalitet, ma'naviyat muammosi. Bizdagi konservativ, yangiliklarni qabul qilmaydigan odamlar yangi ğoyalarni, özgarişlarni qabul qilişni istamaydi.

Yana ma'naviyat termini ortidan turli-tuman ğoyalar uçun yopildik. Bu kabi sun'iy tösiqlar natijasida ijodkorlik va erkin fikrlaş qobiliyati tobora pasayib boradi. Bu faqat startaplarni emas, san'atni ham inqirozga olib keladi. Masalan, yaxşi özbek kinolari bir yilda bir marta çiqib qolişi mumkin. Sönggi yillarda yuqori iste'dodli yangi xonanda çiqdimi? Yöq.