K guruhi

Keynning yubileyi

Andorra – Angliya 0:1
Gol: Keyn 50
Andorra: Alvares, Borra, Lovera, Garsiya, Oliveyra, San-Nikolas, Servos, Gillen, Babo (Vales 75), Rodrigo (Garsiya65), Kuku (Lopes 65).
Angliya: Pikford, Konsa, Byorn, Jyeyms, Jons (Rays, 80), Henderson (Aleksandr-Arnold, 64), Bellingem (Gibbs-Uayt, 90+1), Palmer (Eze, 64), Rojyers (Gordon, 80), Madueke, Keyn

Angliya — Yevropaning saralash o‘yinlaridagi ishtirokini mart oyidayoq boshlagan yagona katta milliy jamoasi. Buning sababi – Millatlar ligasidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok, shu tufayli «Uch sherlar» sovrin uchun emas, V diviziondan chiqib olish uchun kurashishiga to‘g‘ri keldi. Bu missiya muvaffaqiyat bilan uddalandi, shundan keyin vaqtinchalik bosh murabbiy Li Karsli yoshlar jamoasi boshqaruviga qaytdi va federatsiyadan 2027 yilga qadar amal qiluvchi yangi shartnoma oldi. Tez orada uning jamoasi 2023 yilda qo‘lga kiritilgan Yevropa chempionligini himoya qiladi, Angliyaning asosiy jamoasi esa Tomas Tuxel boshqaruvidagi dastlabki uch uchrashuvda uch g‘alabaga erishdi. Bu o‘yinlarning barchasida darvoza daxlsizligi saqlab qolindi va bunaqasi tarixda kuzatilmagandi.

Inglizlarning shanba kungi muvaffaqiyati — hisob bo‘yicha eng kamtaronasi bo‘ldi. Bahorda inglizlar Albaniyaga ikkita, Latviyaga uchta gol urgandi, guruhning asosiy autsayderi Andorraga qarshi o‘yinda esa bir gol bilan kifoyalanishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Harri Keyn Maduekening qanotdan uzatmasini golga aylantirdi. U hozirgi murabbiylar shtabi davridagi uchala o‘yinda ham maydonni golsiz tark etmayapti. Qolaversa, Keyn milliy jamoalar darajasidagi gollar soni bo‘yicha germaniyalik Miroslav Klozeni ortda qoldirdi (72). Shuningdek, «Bavariya» futbolchisi professional faoliyatidagi gol va assistlar qo‘shib hisoblanganda, 450 talik natijaga erishdi.

Albaniya – Serbiya 0:0
Aniq ijro etilmagan penalti: Manay, 45
Albaniya – Strakosha, Ayyeti, Jimsiti, Mitay, Hyusay, Shexu (Ramadani 85), Asllani, Xo‘ja (Bayrami 63), Lyachi, Manay (Daku 62), Broyya (Uzuni 75)