Orzudagi mundial yöllanmasi va qonun ustuvorligida pasayiş - hafta dayjesti
|15:21 / 08.06.202515 22513 min
Özbek xalqi 34 yillik orzusiga erişdi: endi navbatdagi orzuning uşalişi – mundialda pley-offga çiqişimiz nimaga boğliq? Xalqaro reytingdagi xavotirli qulaş: Özbekiston sudlarida adolat kamayib boryaptimi? Toşkentga 360 kilo eşak göştining kirib kelişi töxtatildi: töxtatilmaganda nima bölardi? Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid muhim voqealari şarhi – Kun.uz dayjestida.
Özbek futboli katta dovondan oşdi
2025 yilning 5 iyuni. Şu kuni oqşom dunyoda bizdan-da baxtliroq xalq yöq edi. Şu kuni tom ma’noda butun Özbekiston quvonç köz yoşlarini tiya olmadi. Juda uzoq, judayam uzoq – naq 34 yil orziqib kutgan, har safar eng oxirgi lahzalargaça umid qilgan, har safar şirin xayollarga berilib, oxirida yurak töla alam bilan qolib ketgan özbek muxlisi, 5 iyun kuni qalbining tub-tubida yotgan azaliy orzusiga erişdi. Har biri alohida oğriqli hikoya, alamli dramalarga aylanib ketgan yettita saralaş siklidan keyin, sakkizinçi urinişda Özbekiston nihoyat mundial yöllanmasini qölga kiritdi.
BAA bilan 0:0 hisobida yakunlangan safardagi öyin – avvaliga, amirlikda yaşovçi vatandoşlarning çiptalari bekor qilingani, keyin Özbekistondan borgan muxlislar aeroportdagi pasport nazoratida muammolarga uçragani bilan boşlanib, öyin asosan mezbonlarning ustunligi bilan keçgani, Özbekiston yaratgan kam sonli xavfli vaziyatlardan birida töp darvoza tösiniga tegib qaytgani, öyinning eng yaxşi futbolçisi Ötkir Yusupovning seyvlari, yigitlar tarixiy natijani bir-biriga suv sepib nişonlagani va albatta, quvonç köz yoşlari bilan yodda qoldi.
Mundial yöllanmasini hayitdan keyingi Qatar bilan öyinga qoldirmay, ayni öz vaqtida – arafa kunida sovğa qilgan qahramonlar, Toşkentda tantanali tarzda kutib olindi. Prezident Şavkat Mirziyoyev ularni orden va medallar bilan taqdirladi, jamoa a’zolariga BYD elektromobillari sovğa qilindi. Lekin şak-şubhasiz bu jamoa qölga kiritgan eng oliy mukofot – bu özbek xalqining mehri böldi. Bu jamoaning har bir a’zosi – çin ma’noda yulduz, el-u yurtning erka va yoqimtoy farzandlariga aylanişdi.
Mavzuga oid
Biz Özbekiston sportidagi bu tarixiy yutuqni yoritişda, xolis OAV sifatida, mavzuning boşqa muhim jihatlarini ham aytib ötişimiz kerak. Bu safargi Jahon çempionatidan boşlab, iştirokçilar soni 32 tadan 48 taga, ya’ni 1,5 barobarga köpaytirilgan, Osiyoga ajratilgan örinlar esa 4,5 tadan 8,5 taga oşgan. Natijada bizdan taşqari hatto Iordaniya ham muddatidan oldin mundial yöllanmasini naqd qildi. Ayni şu omil sabab, özbek muxlislarining bir qismi qattiq hayajonga berilgani yöq. Boz ustiga, BAA bilan öyinda gollar hisobidan boşqa barça statistik körsatkiçlar böyiça yutqazganimizni tan oliş zarur. Ya’ni mundialgaça Timur Kapadze oldida jamoa öyinini jiddiy yaxşilaş vazifasi turibdi. Kapadze öyindan keyingi intervyusida jamoa Jahon çempionatiga futbol öynaş uçun borişini, Hojiboy Tojiboyev aytgan muzqaymoqni esa muxlislar yeyişi mumkinligini aytdi. Lekin şunisi aniqki, muxlislar ham faqat muzqaymoq yeyiş uçun emas, jamoaning kamida bitta ğalabali öyinini köriş uçun boradi.
Endigi vazifa – jahon çempionatida guruhdan çiqiş. Lekin bunga faqat sportga oid masala deb emas, balki undan kattaroq, siyosiy vazifa sifatida ham qaraş kerak. Çunki mundiallarda pley-offga çiqiş bilan, jamiyatdagi erkinlik darajasi örtasida katta boğliqlik bor. Masalan, sönggi mundialda guruh bosqiçidan çiqa olgan 16 ta davlatning barçasi Freedom House reytingida erkin davlatlar qatorida turadi. Ular orasida Senegal misolini alohida ajratib körsatiş mumkin. Bu davlat 2000-yillar boşidan demokratiyaga öta boşlagan, şundan keyin ilk marta jahon çempionatiga çiqib, ikki marta hatto mundialning guruh bosqiçidan ham öta olgan; yana bir safar faqat sariq kartoçkalari soniga köra pley-offga çiqa olmay qolgan.
Boşqaça aytganda, jamiyat qançalik erkin bölsa, jamoaviy sport turlarida muvaffaqiyat qozonişi şunça osonroq böladi. Şu tariqa, agar biz ham keyingi ön yilliklarda doimiy ravişda jahon çempionatlarining pley-offida öynaş maqsadini oldimizga qöysak, u holda muntazam ravişda ijtimoiy-siyosiy erkinliklarni kengaytirib borişimiz kerak böladi.
Sudlarda “telefon huquqi” davom etmoqda
Sud tizimining adolatli va xolis işlaşi – Özbekistondagi eng oğriqli muammolardan biri bölib qolyapti. Mamlakatimiz ötgan yili Jahon odil sudlov loyihasining huquq ustuvorligi indeksida beş poğonaga pasaydi. Bu xavotirli tendensiyaga Senat yalpi majlisida senator Abdurahim Erkayev e’tibor qaratdi.
“Beş poğonaga pastladik. Beş poğona kötarilganimizda boşqa gap edi. Endi huddi şu indeksning tarkibiga kiruvçi fuqarolik odil sudloviga erişiş darajasining yuqoriligi subindikatorida mamlakatimiz örni ötgan yilda 10 poğonaga pasaydi va 96-örindan 106-öringa tuşdik. Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz.
Bu holat nizolarni hal qilişda odil sudlovga erişiş qiyinligi, sud tizimiga işonçning susayib borayotgani, murojaatlarni körib çiqişda adolat va xolislik prinsiplari aholi tomonidan sezilmayotganidan dalolat beradi. Köp holatlarda sud qarorlarining ijrosi keçiktiriladi yoki bajarilmaydi”, dedi senator.
Abdurahim Erkayevning aytişiça, sud-huquq tizimi böyiça xalqaro reytinglarda Özbekistonning örni pasaygani uçta omilga borib taqaladi.
“Birinçisi, bizda haligaça, afsuski, “telefon huquqi” davom etyapti. Iltimoslar va hokazolar bor. Ikkinçisi, korrupsiya holatlarining mavjudligi. Uçinçisi, ayrim sudyalarimizning malakasi past”, – dedi Senat a’zosi.
Sobiq hokim – panjara ortida
Sud tizimiga işonçning pasayişi sudlardagi oçiqlik darajasi bilan ham boğliq bölişi mumkin. Çunki amaldorlar ustidan bölayotgan sudlar jonli efirga uzatilişi kerakligi haqida qonunçilikda belgilangan talab amalda işlamayapti. Jamoatçilik aksariyat holatlarda u yoki bu amaldor sudlangani haqida sud hukmi e’lon qilinganidan keyingina xabar topyapti. Şunday holatlardan oxirgisi – Xovos tumani sobiq hokimining qamalgani bilan boğliq.
Kun.uz'ning aniqlaşiça, 2020-2023 yillarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumaniga hokimlik qilgan Uçqun Kamolov işdan böşatilganidan keyin sanoqli kunlar ötib, qamoqqa olingan. Keyinçalik Sardoba tuman sudi uni özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş va yer beriş tartibini buziş kabi jinoyatlarda aybdor deb topgan, lekin jarima qöllaş bilan kifoyalangan. 2025 yilga kelib, Uçqun Kamolov qamoqqa qaytarilgan: keyingi instansiya sudlarida korrupsioner hokim albatta “ötirib çiqişi” kerak degan qarorga kelingan va u 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Hafta davomida yana bir korrupsion keys Farğonada kuzatildi. DXX xabariga köra, Özbekiston tumanida mahalla bankiri va bank boşqaruvçisining örinbosari qölga olingan. Ular kredit çiqartirib beriş evaziga odamlardan pul olgani, yana bir holatda hokim yordamçilari bilan ham til biriktirib, 153 mln söm kreditni yeb ketgani aytilmoqda. E’tiborlisi, bu – Xalq bankining Özbekiston tumanidagi boşqaruvçisiga örinbosar bölib işlab kelgan şaxsning uçinçi marta sudlanişi böladi. U avval ham firibgarlik va poraxörlik moddalari bilan ikki marta javobgarlikka tortilgan.
Şu paytgaça hokimlar, hokim örinbosarlari va hokim yordamçilari tez-tez korrupsiya bilan qölga tuşib turgan bölsa, bundan keyin Farğonadagi kabi holatlarda mahalla bankirlarining qölga tuşib turişi ham odatiy holga aylanişi mumkin. Çunki imtiyozli kredit bor joyda, korrupsiya ham böladi. Şu hafta Samarqand viloyatidagi yiğilişda bu borada viloyatga oid ayrim raqamlar oçiqlandi. Ma’lum bölişiça, joriy yilning 1-çoragida viloyatda 80 nafardan ortiq hokim yordamçisi va boşqa mas’ullarga nisbatan intizomiy, ma’muriy va jinoiy işlar qözğatilgan. 19 nafar hokim yordamçisi jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Eşak göştidan somsa?
Hafta davomida eşak göşti haqidagi xabarlar jamoatçilikni eng köp taşvişlantirdi. “Milliy” telekanalining xabar berişiça, 25 may kuni Qaşqadaryodan Toşkentga noma’lum hayvonning göştini olib ketayotgan Lacetti Sirdaryo tumanida töxtatib qolingan. Bu 361 kilo göşt laboratoriyada tekşirilganida, eşak göşti ekani ma’lum bölgan. Haydovçi maşinasidagi yuk öziniki emasligi, uni aytilgan manzilga olib ketayotganini bildirgan. Içki işlar xodimlari uni köndirib, eşik göşti ta’minotidagi keyingi zanjirlarni aniqlaş uçun tezkor tadbir ötkaziş çorasini körganmi-yöqmi, bunisi ma’lum emas. Kun.uz voqea tafsilotlarini örganişga urinyapti.
Hozirça biz aniqlagan ma’lumotlarga köra, bu – oxirgi vaqtlarda Toşkent atrofida kuzatilgan eşak göşti bilan boğliq birinçi holat emas. Ma’lum bölişiça, 2025 yil 7 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvçi organlar Ohangaron tumanida joylaşgan qarovsiz dala şiyponida 23 ta tirik va 15 ta söyilgan holdagi eşak saqlanayotganini aniqlagan. Şundan keyin suriştiruv boşlanib, uç kişi hibsga olingan. Sud hukmida yozilişiça, ulardan biri – 30 yoşdagi erkak odamlardan jami 57 ta eşakni sotib olib, ulardan 32 tasini söyib, şerigiga sotgan. Şerigi esa göştlarni somsapaz tanişiga ötkazgan. Sud eşak göştini sotgan ikki erkakni 2 yilga ozodlikdan mahrum etdi, Parkent tumanining Guliston mahallasida somsa sotgan şaxsga esa 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosini tayinladi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Iş haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oşirilişi e’lon qilindi. Prezident farmoniga köra, pensiya va nafaqalar 1 iyuldan boşlab, oyliklar va stipendiyalar esa 1 avgustdan boşlab oşadi. 1 avgustdan bazaviy hisoblaş miqdori ham 10 foizga kötarilib, 412 ming söm deb belgilanadi. Statistika qömitasiga köra, 1 maydan energetika narxlarining oşişi fonida, may oyida inflatsiya 1,5 foizgaça tezlaşgan. Rasmiy statistika oxirgi 1 yilda Toşkent şahrida pulning qadrsizlanişi 9,5 foiz bölganini körsatmoqda.
Markaziy bank Özbekiston aholisining qarz yukiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Ma’lum bölişiça,2024 yilda banklardan qarzdor aholi qatlamida oylik daromadiga nisbatan qarz yuki darajasi örtaça 34 foizni taşkil etgan.Krediti bor odamlarning 40 foizi oylik daromadining yarmidan köpini kredit tölaşga sarflayapti. Ayniqsa, kreditga avtomobil olganlarning vaziyati havas qilarli emas: örtaça hisoblaganda, ular rasmiy daromadining 61 foizini kredit tölaşga işlatyapti. Qarz ustiga yana qarz oluvçilar soni ham ortib bormoqda: 2024 yilda kredit olgan jismoniy şaxslarning 68 foizi bittadan ortiq kredit majburiyatiga ega bölgan.
Humans kompaniyasi Özbekistonga qarşi xalqaro arbitrajga da’vo kiritdi. Özbekistondagi eng yoş aloqa operatorining Singapurdagi ta’sisçisi Markaziy bank va “Özbektelekom”ning harakatlaridan şikoyat qilib, suddan yetkazilgan zararni undirib berişni söramoqda. Har ikki taşkilot ham ayblovlarni rad etdi. Markaziy bankka köra, Humans'ning UPay tölov operatoriga çeklov kiritilganiga sabab – u mijozlariga onlayn qimorga pul tikiş imkoniyatini yaratib bergan. “Özbektelekom” esa Humans tarmoqdan foydalangani uçun juda katta qarzdorlikni tölamay kelayotganini ma’lum qildi. Bir neça oy qarzda bölib qolgan abonentlarini bloklab qöyadigan kompaniya “singapurlik” mijozining yillar davomida milliardlab qarz bölişiga imkoniyat yaratib bergani – qiziq holat.
Özbekistonliklar yana bir izohsiz xususiylaştirişga guvoh böldi. Birlaşgan Arab Amirliklarining TAQA va Mubadala kompaniyalari Talimarjon energetika majmuasidagi 874 megavattlik IESning 80 foiz hissasini sotib olganini e’lon qildi. Bitim qiymati va boşqa şartlar ma’lum emas. Özbekiston rasmiy idoralari bu xususiylaştirişni e’lon qilgani yöq, OAV savollariga ham javob berilmayapti. Investorlarga köra, davlat ulardan elektr energiyasini 25 yil davomida kafolatli sotib oliş majburiyatini olgan. Har bir kilovatt energiya qança narxdan sotib olinadi – bu ham noma’lum. Bunday mavhumlik va yopiqlik rasmiylarning “energetika islohoti” haqidagi bayonotlariga fon vazifasini bajarib beryapti.
Muallif – Komron Çegaboyev Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi