Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonning talabidan so‘ng Rossiya aviakompaniyalari chiptalar narxini arzonlashtirdi
Minimal narx 3 ming somoniydan (263 dollar) boshlanadi va aviareyslar yo‘nalishidan kelib chiqib 8500 somoniygacha (745 dollar) boradi.
Tojikiston aviatsiya rahbariyati Rossiyaning to‘rtta aviakompaniyasidan aviachiptalar narxlari borasida ma'lumotnoma oldi, deb ma'lum qildi fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbari Ikrom Subhonzoda.
«Talabimizga muvofiq, Rossiyaning to‘rtta aviakompaniyasi bizga javob qaytardi hamda Tojikistondan Rossiyaga amalga oshirilayotgan charter reyslari uchun minimal va maksimal narxlarni taklif qildi. Minimal narx 3 ming somoniydan (263 dollar) boshlanadi va aviareyslar yo‘nalishidan kelib chiqib 8500 somoniygacha (745 dollar) boradi», - dedi Subhonzoda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aviachiptalarning o‘rtacha narxi 6-6,5 ming somoniyni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 22 aprel kuni Tojikiston aviatsiya rahbariyati Rossiya aviakompaniyalaridan ikki kun ichida chipta narxlarini pasaytirishni talab qilgan, aks holda fuqaro aviatsiyasi agentligi tegishli choralarni ko‘rishini bildirgandi.
O‘shanda Ikrom Subhonzoda bahor-yoz mavsumida Rossiyaga parvoz qilishni istagan tojikistonliklar soni ko‘paygani, Rossiya aviakompaniyalari esa «aviachiptalar narxini oshirib», bundan foydalanayotganini aytgandi.
Hozirda Rossiya va Tojikiston o‘rtasida haftada ikki marta muntazam aviaqatnov amalga oshirilmoqda, ammo ular uchun barcha chiptalar yozgacha sotib bo‘lingan.
Shu bilan birga, Rossiya aviakompaniyalari tomonidan bir haftada 20dan ortiq charter qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan.
Fuqaro aviatsiyasi agentligi muntazam aviaqatnovlar uchun Dushanbedan Moskvaga borish-qaytish aviachiptasi narxini 500 dollar etib belgilagan.
Mavzuga oid
21:32 / 19.05.2026
200 nafarga yaqin rossiyalik harbiy Xitoyda yashirincha tayyorgarlikdan o‘tdi – OAV
20:30 / 19.05.2026
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
18:27 / 19.05.2026
Rossiya tarixchilari Qirg‘izistondagi darsliklardan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib tashlashni so‘radi
18:03 / 19.05.2026