Antimonopol qömitasining xabar berişiça, paxta yoği narxining oşişiga yoğ işlab çiqaruvçi davlatlardagi kungaboqar yoği narxining kötarilişi asosiy sabab bölsa ham, narx oşişida monopoliya elementlari borligi aniqlangan.

«Olib borilgan örganişlar natijasida mahalliy işlab çiqaruvçi xöjalik yurituvçi obektlar tomonidan «Raqobat töğrisida»gi qonun buziliş alomatlari borligi aniqlandi. Xususan, Qömitada taşkil etilgan işçi guruhi tomonidan tovar bozorida özaro raqobatçi bölgan paxta-töqimaçilik klasterlari va kooperatsiyalari örtasida kelişib olingan harakatlar va kelişuvlar bor yoki yöqligi aniqlaştirilmoqda», - deyiladi rasmiy xabarda.

Qömita quyidagi harakatlar yuzasidan örganiş işlarini boşlaganini ma'lum qildi:

  • Kelişuvlar aniqlangan holda uning orqasidan sun'iy ravişda narxlarni belgilaş yoki saqlab turiş;
  • işlab çiqariş, mahsulot sotiş bozorlari ustidan nazorat örnatiş;
  • taklif hajmini sun'iy ravişda özgartiriş maqsadida işlab çiqariş hajmlarini kelişib oliş. 

Şuningdek, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi paxta yoği narxlari ösişining oldini oliş uçun bitta xaridor tomonidan paxta yoğini 3 tonnadan köp bölmagan miqdorda tovar xomaşyo birjasida sotib oliş hajmini çekladi. Raqobatga zid bölgan harakatlar aniqlangan taqdirda, qömita kompaniya va şaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda hamma zarur çoralarni körişini ma'lum qildi.

Avvalroq, deputatlar ösimlik yoğini vaqtinça QQSdan ozod qiliş borasida qaror qabul qilgani va u senatda ma'qullangani xabar qilingandi. Qonunga köra, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar Özbekiston Respublikasi hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek, soya danagini olib kiriş, ösimlik yoğini işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça aylanmalar qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinadi.