Majlisda ta'kidlanganidek, kungaboqar uruği va yoği böyiça taşqi bozorlarda şakllanayotgan salbiy baho körsatkiçlar mamlakat içki bozoridagi narx-navoga va ijtimoiy holatga ham öz ta'sirini körsatmoqda.
Buni mamlakat iste'mol bozorida ösimlik yoğiga bölgan yillik örtaça 460 ming tonna ehtiyojning taxminan yarmi import hisobidan qoplanişidan ham körsa böladi.
Özgarişlar ta'siri natijasida ötgan bir yil davomida mamlakatda kungaboqar yoği narxi örtaça 38 foizga qimmatlaşgan.
Yuzaga kelgan uşbu holatda mamlakat içki bozorlarida ösimlik yoği narxi keskin oşişining oldini oliş maqsadida mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga özgartiş kiritilib, unga köra 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar:
mamlakat hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek, soya danagini olib kiriş;
ösimlik yoğini işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça mablağlar aylanmasi qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinmoqda.
2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar bölgan davrda kungaboqar va paxta uruğlari, kungaboqar yoği va paxta yoği mahsulotlariga nisbatan mazkur qonun bilan eksport boji joriy etilmoqda.
Qonun ma'qullanişi orqali moyli ekinlar ekilişi ustidan ham qat'iy monitoring örnatilişi kutilmoqda.
Senatorlar tomonidan uşbu qonun ma'qullandi.
















