12 oktyabr kuni jizzaxlik tadbirkor Qaşqadaryodan öziga tegişli bölgan 60 tonna çigitni olib çiqişda taqiqqa uçragani töğrisida xabar berilgandi. Özbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil (biznes-ombudsman)ning ma’lum qilişiça, çigit mahsulotlarini olib çiqib ketiş bilan boğliq muammo bartaraf etilgan.
Aniqlanişiça, jamiyat birja savdosi orqali «Chiroqchi-klaster» MÇJ va «Kitob ip yigiruv» AJdan sotib olgan çigit mahsulotini Qaşqadaryo viloyatidan olib çiqib ketayotgan vaqtda hududdagi «Umakay» YPX maskanida töxtatilib, uşlab qolingan.
Özbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga köra, mamlakat hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişi kafolatlanadi.
Bu masalaga birinçi bölib e’tibor qaratgan «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatlaşgan tadbirkorning ta’kidlaşiça, uning yuki aynan nima sababdan töxtatib qolingani haqida hali heç nima deyilmagan. U çigit sifatiga katta zarar yetgan bölsa sudga murojaat qilişini aytgan.
Avvalroq holat yuzasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP partiyasi fraksiyasi a’zolari bölgan Tölqinjon Karimov hamda Batirbek Törazoda Içki işlar vazirligi va Qaşqadaryo viloyati hokimligiga deputatlik sörovlarini yuborgandi.
Nima bölgandi?
Jizzax şahridagi paxta moyi, şrot va şeluxa işlab çiqaruvçi «Paxtakor sifat yog» MÇJ şaklidagi qöşma korxona elektron birja savdolari orqali «Chiroqchi-klaster» va «Kitob ip yigiruv» AJ korxonalaridan jami 30 mlrd söm atrofidagi paxta çigiti sotib olgan.
«Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda zavod mas’uli Akmal Nuriyevning ta’kidlaşiça, 9 oktyabr kuni «Umakay» YPX maskanida 60 tonna çigit ortilgan yuk maşinasining belgilangan barça hujjatlari — şartnoma, tovar-transport yuk xati, mahsulot sifat sertifikati (hujjat nusxalari tahririyatda mavjud) bölişiga qaramay yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan heç qanday sabablarsiz töxtatib qolingan. Yuklar 5 kundan buyon asossiz ravişda uşlab turilmoqda, degan tadbirkor.
Tadbirkor tahririyatga taqdim etgan videoda postda xizmat olib borayotgan, özini Vahob Lutfullayev deb taniştirgan YPX xodimi yuk maşinasi haydovçisini töxtatib, hujjatlarni tekşirmasdan orqaga qayrilib olişni buyurgan. Haydovçining aytişiça, qayrilişga imkoniyat bölmagan va tirbandlik keltirib çiqarmaslik uçun 5 metrça oldinga harakatlangan va yöl çetida töxtagan. YPX xodimi esa unga «qonuniy talablariga böysunmaganlik» ayblovini qöygan.













