Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ish qurolli kuchlardan foydalanishgacha yetib borsa, bu urushga aylanadi – Qirg‘iziston parlamenti spikeri
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mojaro oqibatida 60dan ortiq kishi jarohatlangan, 5 kishi vafot etgan.
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida kuzatilayotgan to‘qnashuvlar ortidan Bishkek shahrida miting bo‘lib o‘tdi. Unda Qirg‘iziston parlamenti spikeri Talant Mamitov chiqish qildi.
"Mendagi ma'lumotlarga ko‘ra, barcha kuch ishlatish tuzilmalari nazorat ostida. Chegarada sodir bo‘layotgan holatga qurolli kuchlarimiz aralashmayapti. Bu bilan ikki mamlakat chegara xizmatlari shug‘ullanmoqda. Agar ish qurolli kuchlardan foydalanishgacha yetib borsa, bu urushga aylanib ketishi mumkin. Hozirda vaziyatni diplomatik yo‘llar orqali izga solish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda. Bunga to‘sqinlik qilmang, aksincha,yordam bering", - dedi u.
Ma'lumot uchun, 28 aprel kuni Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida mojaro yuzaga kelishi ortidan 29 aprel kuni qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mojaro oqibatida har ikki tomondan 60dan ortiq kishi jarohatlangan, 5 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026