Joriy yilning dekabr oyida Oliy Majlisning Qonunçilik Palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylovlar bölib ötadi. Odatda siyosiy jarayonlarda özlarini sezdirmaydigan Özbekistonda mavjud beşta partiya bugungi kunda ança faol. Turli tadbirlar uyuştirişmoqda, saylovoldi tarğibotga e'tibor bermoqdalar.
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi ÖzLiDeP Siyosiy kengaşi ijroiya qömitasi raisi Aktam Hayitov bilan suhbatda parlamentda eng köp öringa ega partiyaning YeOIIga a'zolik borasidagi pozitsiyasi bilan qiziqdik.
«Bu borada birinçidan, Özbekiston Respublikasining manfaatlari, ikkinçidan partiyamiz elektoratining manfaatlarini e'tibordan qoçirmasligimiz kerak. Masalaning tarixiga qisqaça nazar solsak. Bu taşkilotga Özbekiston tomonidan qiziqiş bor. Uç yil davomida ekspertlar tomonidan juda çuqur örganilyapti.
Bu yaqinda Rossiya federatsiyasi Federatsiya kengaşi raisi Matviyenko xonimning kelişi bilan birdaniga kuçayib ketgani yöq. Esingizda bölsa, iyun oyida muhtaram prezidentimiz Senat majlisida şu masalaga urğu berib ötgan edi. Aytgandilarki, biz mahsulotlarimiz sifatini yaxşilaşga harakat qilişimiz kerak. Savdomizning 70 foizi [YeOII] mamlakatlariga töğri keladi.
Qolaversa, avgust oyida Belarusga taşrif davomida ham bu masala kötarilgan. Prezidentlarning qöşma bayonotida Belarus misolida [Özbekistonning] ittifoq bilan qanday darajada hamkorlik qiliş masalalari ham bayon qilingan. Şuning uçun bu masalaga yondaşganda, bu birdaniga bir kunda paydo bölib qolmagan. Özbekiston bu masalani juda çuqur örganyapti.
Partiyalarimizdan birining rahbari kuni keça bunga juda qat'iy munosabat bildirib, YeOIIni SSSRga tenglaştirgan bayonotining qançalik töğriligiga xalqimiz özi baho beradi. Çunki heç kim SSSRning paydo bölişiga xohiş bildirmaydi ham. Rossiyaning prezidenti ham YeOIIdan bunaqa maqsad yöqligini bir neça marta aytgan.
YeOIIning taşabbuskori Rossiya emas, balki Nazarboyev janoblarining özlari bölganligini ham yodimizdan çiqarmasligimiz kerak. Işonç bilan aytaman, Özbekiston heç qaçon mustaqilligini birovga berib qöymaydi. Siyosiy mustaqilligini bundan ham mustahkamlaydi.
Muhtaram prezidentimiz 2016 yil dekabrida ÖzLiDeP nomzodi sifatida köpçilik xalqimizning ovozini oldi. [Taşqi siyosatda] konstruktiv, pragmatik yondaşuv bilan boryaptilar. Ya'ni Özbekiston manfaati birinçi örinda. Özbekiston manfaatiga zid biron bir qaror hali qabul qilingani yöq, qabul qilinmasligiga ham işonçimiz komil.

















