Bugun, 22 fevral kuni Özbekiston BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşining 46-sessiyasida kengaş a'zosi sifatida birinçi marta iştirok etdi, prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu uçraşuvda nutq sözladi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston sönggi yillarda kengaşga a'zo böliş uçun butun mas'uliyatni anglagan holda intilib kelganini ta'kidlab, yangi Özbekistonni bunyod etişga qaratilgan demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan tus olganini qayd etib ötgan.

«Biz Birlaşgan Millatlar Taşkilotining «Inson huquqlari yölida harakatga da'vat» taşabbusini ilgari suriş uçun Kengaş a'zolari, barça şeriklarimiz bilan yaqin hamkorlikni davom ettiramiz», degan davlat rahbari.

Prezident Özbekistonda demokratik özgarişlarni yanada çuqurlaştiriş va Kengaş doirasidagi faoliyatning ustuvor yönalişlarini sanab ötgan.

Birinçidan, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlaş Özbekistondagi islohotlarda eng muhim örinda turadi.

2030 yilgaça möljallangan Barqaror rivojlaniş maqsadlari mamlakatda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlaşni közda tutadigan «heç kimni e'tibordan çetda qoldirmaslik» tamoyili asosida amalga oşiriladi. Bu örinda söz Inson huquqlari böyiça Oliy komissar boşqarmasi ekspertlarining faol iştirokida işlab çiqilgan Inson huquqlari böyiça milliy strategiyani amalga oşiriş töğrisida bormoqda.

Ikkinçidan, gender siyosati masalalari borasida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida va işbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oşirişga qaratilgan işlari qat'iy davom ettiriladi. Joriy yilda Özbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi ayollarining muloqoti va xotin-qizlarning mintaqaviy biznes-forumini ötkaziş rejalaştirilmoqda.

Uçinçidan, alohida ehtiyojga ega bölgan şaxslarning huquqlarini ta'minlaşga jiddiy e'tibor qaratiladi. Yaqinda Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisidagi yangi qonun kuçga kirdi. Özbekiston Parlamenti Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilişi kutilmoqda. Özbekiston imkoniyati çeklangan şaxslarning öz qobiliyatini töla röyobga çiqariş masalalari böyiça Mintaqaviy kengaş tuzişni taklif etadi.

Törtinçidan, aholining yarmidan köpini taşkil etadigan yoşlar huquqlarini himoya qiliş doimo e'tibor markazida bölib kelmoqda. Joriy yil Özbekistonda «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili», deb e'lon qilindi. Bu borada Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida Yoşlar huquqlari böyiça butunjahon konferensiyasini ötkaziş, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengaşining öninçi forumida Yoşlar huquqlari töğrisidagi konvensiya loyihasini taqdim etiş, şuningdek, Yoşlar huquqlari böyiça maxsus ma'ruzaçi institutini ta'sis etiş masalasini kiritişga tayyorgarlik körilmoqda.