Xalqaro kuzatuvçilar Özbekistonda 22 dekabr kuni vakillik organlariga bölib ötgan saylov yakunlari böyiça yakuniy xulosalarini bayon qilişdi.
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining maxsus koordinatori Georgiy Tsereteli saylovdan söng ovozlarni hisoblaş jarayonida qoidalarga rioya qilinmagani haqida gapirdi.

«Ovozlarni hisob-kitob qiliş jarayoni uçun belgilangan aniq qoidalar mavjud. Lekin bu qoidalarga hurmat bilan munosabatda bölinmadi. Ovozlarni hisoblaş jarayonida bu haqida kuzatuvçilar tomonidan körsatmalar berilgan. Lekin şunga qaramay, xulosa salbiy bölib qolmoqda», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
YeXHTning saylovlarni kuzatiş böyiça missiya rahbari Tana de Zuluyetaning ta'kidlaşiça, ovozlarni hisoblaş jarayoni böyiça xulosaning 42 foizi salbiy xarakterga ega.

«Ovozlarni hisoblaş jarayonlarida iştirok etdik. 133ta uçastkada ovoz hisoblaş jarayoni bizning missiyamiz a'zolari tomonidan kuzatildi. Xulosalarga köra, hisoblaş jarayonlari oxirigaça silliq ötmagan. Qonunda belgilangan protseduralarga töliq amal qilinmagani, natijalar özgargani körindi. Ba'zi joylarda raqamlar kamroq edi.
Birlamçi hisob-kitoblar amalga oşirilişi kerak edi. Lekin bu iş qilingani yöq. Masalan, işlatilmay qolgan byulletenlarni heç kim hisoblab çiqqani yöq. Hisoblar oxirigaça olib borilmagan hollarni ham kördik. Körsatkiçlarning aniqligiga işonç hosil qiliş uçun biror kişi, xolis odam qayta sanab çiqmadi», deydi Zuluyeta xonim.
Şuningdek, vakilning ta'kidlaşiça, xavfsizlik ta'minlamagan kanallar orqali ma'lumotlar almaşinuvi amalga oşirilgan hollar ham kuzatilgan.

















