O‘zbekistonda 1 maydan ommaviy tadbirlarda cheklovlar kuchga kiradi
17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda e'lon qilingan yangi cheklov choralarining bir qismi 1 maydan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, ertadan konsert-tomoshalarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.
Teatrlar, kinoteatrlar va konsert zallaridagi o‘rinlarning yarmi bo‘sh qoldiriladi. Barcha tomoshabinlar niqobda bo‘lishi va ijtimoiy masofaga rioya qilishi, binolarga kirishda ularning harorati tekshirilishi kerak bo‘ladi.
Bosh vazir o‘shanda aprel oyidagi konsert dasturlari uchun chiptalar sotib bo‘lingani tufayli bu cheklovlar 1 maydan kuchga kirishini qo‘shimcha qilgandi.
O‘sha kungi yig‘ilishda 18 apreldan amal qiladigan cheklov choralari haqida ma'lum qilingandi. Xususan, bog‘chalar, maktablar, kollejlar, litseylar va oliy ta'lim muassasalarida koronavirus aniqlanganida ikki haftalik karantin joriy etilishi, tashkilotlar binolariga kirishda nazorat kuchaytirilishi, jamoat transportida o‘rindiqlarning 50 foizi bo‘sh qoldirilishi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari sig‘imining 50 foizdan ortiq bo‘lmagan holatda faoliyat yuritishi lozimligi belgilangandi.
So‘nggi haftalarda eng ko‘p kasallanish holatlari aniqlanayotgan Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Samarqand shahrida yuzlab bog‘chalar va maktablar faoliyati to‘xtatildi. Shuningdek, butun respublika bo‘ylab ko‘plab oliy ta'lim muassasalari yopilgan.
Shu bilan birga, maxsus komissiya tomonidan e'lon qilingan cheklov choralarining barchasiga ham qat'iy amal qilinmayapti, tegishli organlar tomonidan ham yetarlicha nazorat bo‘lmayapti. Xususan, ko‘chalarda tibbiy niqob taqish rejimiga rioya etilmayapti, jamoat transporti odamlar bilan to‘la harakatlanishda davom etmoqda, kafelar va restoranlar ham avvalgidek gavjum, ularning faoliyatida ham deyarli o‘zgarishlar yo‘q.
Lekin mamlakatda epidemiologik vaziyat kundan kunga yomonlashib bormoqda. O‘zbekistonda o‘tgan yil avgust oyidan beri ilk marta kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 400dan oshdi. Ayni paytda shifoxonalarda davolanayotganlar soni 3100ga yaqin, O‘zbekistonda aktiv keyslar soni o‘tgan yil sentyabridan buyon bu qadar ko‘p bo‘lmagandi.
Bu vaqtda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindiston duch kelgan vaziyat har qanday davlatda kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. U yerda kuniga yuz minglab odamda virus aniqlanmoqda va kuniga minglab odamlar shu virusdan vafot etmoqda. Shifoxonalarda va jonlantirish bo‘limlarida bo‘sh joy qolmagan. Krematoriylarda ham joy yo‘qligidan jasadlarni shosha-pisha ko‘chalarda yoqishga majbur bo‘lishmoqda.
O‘zbekistonda ham karantin choralariga amal qilinmasa, yana o‘tgan yil yozidagi holat takrorlanishi mumkin. Shunday ekan, jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash hamda antiseptik vositalardan foydalanish talab etiladi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi
Jahon | 19:46
-
«Menga bu medal va qog‘ozlarning keragi yo‘q» – Washington Post Sumiga raketa zarbasi kunidagi taqdirlashda qatnashgan harbiylar bilan gaplashdi
Jahon | 19:16
-
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
Jamiyat | 19:14
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 19:12
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

12:58 / 30.06.2024
O‘zbekistondagi ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat, buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022