Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen nomini o‘zgartirishi to‘g‘risidagi hazil xabar sababli kompaniyaga nisbatan tekshiruv o‘tkaziladi
Mart oxirlarida Volkswagen avtokonsernining Amerikadagi bo‘linmasi Volkswagen of America kompaniyasi may oyida o‘z nomini Volswagen of America deb o‘zgartirishi xabar qilingandi.
Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya (SEC) Volkswagen avtokonsernining Amerikadagi bo‘linmasi o‘z nomini Volswagen deb o‘zgartirishi to‘g‘risidagi xabar kompaniya aksiyalari narxida o‘zgarish qilish uchun tarqatilgan degan fikrda tekshiruv boshladi. Bu haqda Der Spiegel xabar bermoqda.
Nom o‘zgarishi to‘g‘risidagi xabar ekologik piar-aksiya bo‘lganligi bilan izohlangan. Ammo regulyatorlar kompaniyadan mazkur reklama kampaniyasini asoslab berishini so‘ramoqda, chunki investorlarning bir qismi rebrending o‘tkazilishiga ishongan, bu esa birja kotirovkalarida o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan.
Xabardan so‘ng kompaniya aksiyalarining narxi 4,7 foizga oshgan. Agar komissiyaning taxmini tasdiqlansa, kompaniyaga jiddiy jarima solinishi mumkin.
29 mart kuni Volkswagen avtokonsernining Amerikadagi bo‘linmasi Volkswagen of America kompaniyasi may oyida o‘z nomini Volswagen of America deb o‘zgartirishi xabar qilingandi. Yangi nom elektr kuchlanishining o‘lchov birligini ifodalovchi «volt» so‘zidan olingan bo‘lib, kompaniyaning elektromobillar ishlab chiqarishga e'tibor qaratganini bildirishi aytilgandi. Keyinroq xabar o‘chirib tashlangan va Volkswagen Group of America rahbari Skott Keog uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
00:22 / 15.12.2025
Volkswagen o‘z tarixida ilk bor Germaniyadagi zavodini yopadi
09:13 / 31.10.2025