Jahon | 21:58 / 10.05.2021
7610
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston parlamenti Pashinyanni yana bir bor bosh vazirlikka saylamadi va tarqatib yuborildi

3 may kuni o‘tkazilgan maxsus yig‘ilishda ham Pashinyan nomzodi bosh vazirlikka tasdiqlanmagandi.

Armaniston parlamenti 10 may kuni o‘tkazilgan maxsus yig‘ilishda vazirlar mahkamasi rahbari vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanni ikkinchi marta ham bosh vazirlikka saylamadi va natijada tarqatib yuborildi. Bu haqda «Sputnik Armaniston» xabar bermoqda.

Pashinyan nomzodini yoqlab va unga qarshi bir nafardan parlament a'zosi ovoz bergan, 76 nafari betaraf qolgan.

Pashinyan o‘z chiqishida bugungi maxsus yig‘ilishdan maqsad bosh vazirni saylash emas, balki navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish uchun zarur protseduralarga rioya qilish ekanini qayd etgan.

3 may kuni o‘tkazilgan maxsus yig‘ilishda ham Pashinyan nomzodi bosh vazirlikka tasdiqlanmagandi.

Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, agarda parlament ketma-ket ikki marta bosh vazirni saylamasa, u tarqatib yuboriladi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan aprel oxirlarida iste'fo bergandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid