Özbekiston taraqqiyotiga oid qator yönalişlarni qamrab olgan davlat dasturiga köra, 2021 yilning 1 mayiga qadar Söz erkinligini ta'minlaş va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantiriş uçun huquqiy asoslarni yanada kuçaytiriş böyiça prezident qarori loyihasi işlab çiqilişi kerak edi. Bu masala böyiça amalga oşirilgan işlar bilan tanişiş uçun Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmatidan izoh oldik.

Davlat dasturida belgilangan loyiha böyiça amalga oşirilgan işlar

Mazkur topşiriq böyiça «Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş hamda davlat organlari va taşkilotlari oçiqligini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi işlab çiqildi. Hozirda loyihani mutasaddi taşkilotlar bilan kelişuv jarayoni davom etmoqda.

Kutilayotgan yangiliklar, OAV uçun imtiyozlar

Loyihada agentlikka axborot va söz erkinligini, davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş, ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş sohasida amalga oşirilgan işlar holati yuzasidan yiliga ikki marta Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot kiritib turiş mas'uliyati yuklanmoqda.

Şuningdek, loyihaga köra ommaviy axborot vositalariga bir qança soliq imtiyozlari va preferensiyalar belgilanmoqda. Masalan:

  • ommaviy axborot vositalaridan undiriladigan foyda soliği;
  • ommaviy axborot vositalaridagi reklama uçun qat'iy belgilangan qöşilgan qiymat soliği stavkasi;
  • ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida faoliyat körsatayotgan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan imtiyozlar;
  • davriy bosma naşrlar hamda ularning muassislari tomonidan çet eldan import qilinadigan gazeta va ofset qoğozlarni, matbaa uskunalarini olib kiriş uçun bojxona tölovlari (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlardan taşqari) kamaytirilişi;
  • ommaviy axborot vositalari tahririyatlari uçun davlat mulki obekti uçun ijara tölovi uşbu obektga nisbatan eng kam ijara tölovi stavkasidan ham kamaytirilişini nazarda tutuvçi me'yorlar örin olgan.

Aytib ötiş joizki, işlab çiqilgan loyiha davlat organlari va taşkilotlarining jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan özaro hamkorligini mustahkamlaş, ularning faoliyati oçiqligini ta'minlaşga qaratilgan normalar bilan boyitilgan.

Albatta, uşbu hujjat hozirda loyiha maqomida bölib, mas'ul taşkilotlar tomonidan töliq kelişuvdan ötkazilganidan keyin OAVga yana qöşimça ma'lumot beriladi.