OAVning «oyoğiga kişan» bölib turgan soliq yuki. Tahririyatlar hukumatdan soliq imtiyozlari kutişmoqda
|16:02 / 19.04.202120 80319 min
OAV zimmasidagi soliq yuki – bugun tahririyatlarni, ayniqsa, xususiy elektron naşrlarni qiynab kelayotgan asosiy muammolardan biri.
Mamlakat taraqqiyotida ommaviy axborot vositalarining örni beqiyos. Amaldorlarning korrupsion jinoyatlari, mas'ullarning harakatsizligi qanday mudhiş oqibatlarga olib kelgani, hamma biladigan, ammo qarşi kuraşolmaydigan köplab illatlar aynan matbuot yuzini körgandan keyin foş etilgani, yeçim topganiga dunyo tajribasidan köplab misollar keltiriş mumkin. Şuning uçun ham prezident Şavkat Mirziyoyev jurnalistlarga qarata «Tanqid qilinglar. Bu uçta-törtta qarordan ham köproq ta'sir qiladi», deya ularni faollikka çaqirib keladi.
Özbekistonda kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etiş jarayonida OAVning roli kun sayin oşib bormoqda. Şu bilan birga, soha rivojiga tösiq bölayotgan ayrim masalalar ham borki, ulardan biri ommaviy axborot vositalarini soliqqa tortiş bilan boğliq. Özbekistondagi bir qator internet naşrlari rahbarlari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bugungi kunda tahririyatlar zimmasidagi soliq stavkalari miqdori yuqori ekani, buning salbiy oqibatlari va ularning yeçimlari haqida söz yuritişdi.
Lola Islomova, Anhor.uz naşri boş muharriri:
– Tahririyatimiz unçalik katta emas, aylanmamiz ham köp emas. Şuning uçun iş haqidan 12 foiz daromad soliği va 12 foiz yagona ijtimoiy tölov hamda daromadimizdan 4 foiz yagona soliq tölovi tölaymiz. Taxminimça, Özbekistondagi aksariyat tahririyatlar, agar qandaydir istisnolar bölmasa, xuddi şu tarzda işlaşadi. Ançagina tölov yiğilib qoladi.
Yagona soliq tölovi 6 foiz bölgan davrlarni yaxşi eslayman. Individual tadbirkor sifatida röyxatdan ötgan ommaviy axborot vositalari ham bor va ularning soni kam emas. Bu kamroq soliq tölaş va kamroq hisobot topşiriş maqsadidagi majburiy çora bölgan deb öylayman.
Köp sonli xodimlar ştatiga ega, ofis ijarasi va boşqa çiqimlari köp bölgan, kamiga QQS tölovçisi bölgan yirik ommaviy axborot vositalariga hammadan köra qiyinroq. Özbekistonda sivilizatsiyali reklama bozori şakllanmagan. Şu sababli bozordagi reklamalarning umumiy summasi katta emas. Raqamlarni eslay olmayman, biroq bu ma'lumotlar marketologlarda bor.
OAV oyoqqa turişi uçun kamida ikki yil talab etiladi. Şunda ham iş boşlangan vaqtda yaxşi moliyaviy mablağ ajratilgan bölsa. Köpçilik heç qanday moliyaviy investitsiyasiz iş boşlaydi, şu sababli özining moliyaviy holatini önglaş, oyoqqa turiş, özini özi ta'minlay oladigan darajaga yetiş köp vaqt olmoqda. Hamma ham bunday marafonga doş bera olmaydi va uşbu bosqiçda faoliyatini qisqartirişi mumkin. Menimça, şakllaniş bosqiçida barça ommaviy axborot vositalari qöllab-quvvatlaş va soliq imtiyozlariga muhtoj.
Mavzuga oid
OAVga soliq preferensiyalarini beriş bu şunçaki biznesni qöllab-quvvatlaş emas, balki taraqqiyotning demokratik yölini qöllab-quvvatlaşdir. Şu sababli ular bu haqda gapirişlari va imtiyozga erişişlari juda muhim. Lekin bu oson masala emas, bu borada boşqa davlatlar tajribasini ham örganiş joiz.
Agar soliq imtiyozlari haqida söz boradigan bölsa, hukumatni OAVga nisbatan differensiyalaşgan holda yondaşişga çaqirgan bölardim. Axborot-tahliliy naşrlarni alohida kategoriyaga kiritgan bölardim. Axir bu şunçaki axborot taqdim etiş yoki köngiloçar yangiliklar tarqatiş emas. Tahlil bu – ekspertlar, olimlar, mutaxassislarning katta va jiddiy faoliyati. Tahlil jamoatçilik fikrini şakllantiradi, uni iqtisodiy, ijtimoiy va ideologik jihatdan savodliroq qiladi. Toqatli bölişga örgatadi.
Tahliliy ommaviy axborot vositalari şunçaki biznes emas, u taraqqiyotning demokratik yölini qöllab-quvvatlaş, fuqarolarning siyosiy savodini oşiriş demakdir. Şuning uçun bunday OAV auditoriyasi yengil-yelpi, köngiloçar materiallar beruvçilarnikiga nisbatan kamroq. Tabiiyki, ularga beriladigan reklama ham kamroq. Şu bois, agar davlat savodli fuqarolik jamiyatidan manfaatdor bölsa, ularni qöllab-quvvatlaşi kerak.
Davlat ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş orqali faqat va faqat yutadi. Şubhasiz bu yerda söz demokratik davlat haqida bormoqda. Davlat axborot oliş va tarqatişga doir şartlarini Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qator qonunlarda belgilab qöygan. Va hukumat boşqa şartlarni belgilamasligi kerak, aks holda, bu söz erkinligiga aniq tajovuz böladi.
Sözim yakunida barça elektron ommaviy axborot vositalarini IT-park rezidentligiga qaytariş kerakligini ta'kidlamoqçiman. Rezidentlik ularga yuqorida sanab ötilgan qator muammolardan foriğ böliş imkonini beradi.
– Ötgan yili Prezident administratsiyasi qoşidagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga mahalliy OAVni rivojlantiriş, ularni qiynayotgan iqtisodiy qiyinçiliklarga yeçim topişga qaratilgan 10taga yaqin taklif berganmiz. Hozirça bu borada özgariş sezilgani yöq.
Bosma naşrlarni köpinça majburiy obunaga boğlanib qolganlikda, zamon bilan hamnafas böla olmaslikda, axborot uzatişning konservativ usuliga yopişib olganlikda ayblaşadi. Şaxsan men bu fikrga qöşilmayman. Çunki «Xabar» gazetasi qoşida 2017 yili Xabar.uz saytini taşkil qilganmiz. Şu bilan birga, gazetamiz ham çiqişda davom etmoqda.
Sayt yönalişi tezkorlikka asoslangani, janr xususiyatlari boşqaça bölgani uçun u alohida yuritiladi. Gazetamizda çiqqan dolzarb mavzudagi, tahliliy maqolalar Xabar.uz portalida ham berib borilişini aytmasa, sayt va gazeta bir-birini takrorlamaydi. Şu örinda Xabar.uz Özbekistondagi yetakçi 10ta internet naşrlar safiga kirgani, öquvçilari kundan kunga köpayib borayotganini ta'kidlab ötmoqçiman.
Bugungi kunda saytga reklama beruvçilarni jalb etiş, reklama agentliklaridan reklama undirişning özi bölmayapti. Köpkarida uloqni ayirganday yirik raqobatçilar bor bozorda bir ilojini qilib undirilgan reklamadan tuşgan puldan ham QQS uşlab qolinadi. Obuna uçun ham, yetkazib beriş xarajati uçun ham QQS belgilangan.
Ta'kidlaş kerakki, reklama va obuna uçun QQS joriy qilinişi tahririyatlarning iqtisodiy ahvolini badtar oğirlaştirdi. Töğrisini aytsak, matbuot daromadgir soha emas. Bitta Özbekistonda emas, butun dunyoda şunday. Hattoki Guardian, Times kabi jahon miqyosidagi yirik naşrlar öquvçilar, reklama beruvçi kompaniyalarning moliyaviy kömaklari orqali yaşab kelmoqda. BBC, Deutsche Welle singari ommaviy axborot vositalarining faoliyati davlat tomonidan moliyalaştiriladi. Bunday misollarni köplab keltiriş mumkin.
Biz xarajatlarimiz davlat tomonidan qoplab berilsin, hukumat bizni vasiylikka olsin demaymiz. Bunday holda OAV xolislikni saqlay olmasligi mumkin, tabiiyki, buni istamaymiz. Aytmoqçi bölganimiz şuki, Özbekistonda reklama bozori u qadar rivojlanmagani, reklama beruvçilar yildan yilga OAVdan köra ijtimoiy tarmoqlarda reklama berişga köproq xohiş bildirişayotgani, pandemiya reklama bozoriga ham katta ta'sir körsatayotgani, naşrlarning asosiy daromadi şu yönalişdan ekanini hisobga olib, ommaviy axborot vositalariga kelib tuşayotgan reklama tuşumlari QQS soliğidan ozod etilişini taklif qilgan bölardim. Umuman, QQSni saytlar uçun ham, bosma naşrlar uçun ham bekor qiliş kerak.
Bundan taşqari, ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ijtimoiy himoyalaş maqsadida ularning oylik maoşidan uşlanadigan soliqni 50 foizga qisqartiriş kerak. Şuningdek, iş beruvçidan undirilayotgan yagona ijtimoiy tölov yiğimini ham qayta körib çiqiş maqsadga muvofiq. Ahvol şu zaylda davom etaversa, bosma naşrlar ham, köplab elektron naşrlar ham yopilib ketişi ehtimoldan xoli emas. Buning örnini töldiriş esa juda va juda qiyin böladi.
OAV heç qaçon işlab çiqariş obekti bölmagan. Garçi, yuridik şaxs bölsak-da, yuridik maqomimiz, faoliyatimiz, daromadimiz boşqa soliq tölovçilarnikidan keskin farq qiladi. Şu bois, soliqqa tortişda ham sohaning öziga xosligini hisobga oliş zarur nazarimda.
Xayrulla Qosimov, Nuz.uz sayti direktori:
– Katta yoki kiçikligi, yuridik maqomi, masalan, MÇJ, OK, XK va YaTT ekanidan qat'i nazar Özbekistondagi hamma ommaviy axborot vositalari körsatayotgan xizmatlari uçun savdo-sotiq, işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullanadigan tadbirkorlik sub'yektlari bilan bab-baravar soliq tölab kelişadi. Holbuki, OAVning faoliyat tarzi, moliyaviy aylanmasi, daromadlari manbayi ularnikidan keskin farq qiladi.
Respublikadagi ommaviy axborot vositalari, xususan, elektron naşrlarning 80 foizida QQS bilan boğliq muammolar bölmasligi mumkin, çunki aksariyat tahririyatlarning tuşumi kamtarona bölgani bois moliyaviy aylanma 1 milliard sömga yetmaydi. Lekin aylanmasi 1 milliarddan yuqori naşrlarda xarajat bilan boğliq muammolar köpaysa köpayadiki, aslo kamaymaydi.
Şaxsan Nuz.uz sayti tahririyati misolida keltiradigan bölsam, MÇJ şaklida davlat röyxatidan ötganmiz. Bizni ham soliq stavkalari bilan boğliq muammolar köpdan beri qiynab keladi. Iş faoliyatimiz saytni yuritişdan iborat. Taşqaridan bizga heç qanday imtiyozlar yöq. Bozorda savdo-sodiq, eksport yoki import, işlab çiqariş bilan şuğullanuvçilarga nisbatan qanday munosabatda bölinsa, soliq siyosati borasida bizga ham şunday köz bilan qarab kelinadi.
Qaysidir taşkilot saytimizda maqolasini çiqartirmoqçi bölsa, pulini tölab keyin çiqaradi. Jurnalistlarimizning özlari reklama beruvçilarni saytda öz mahsulotlarini reklama berişga jalb qiliş bilan ham şuğullanadi, ba'zida reklamalar reklama agentliklaridan ham keladi. Ammo saytimizda reklama yoki PR-maqolalarni çiqariş uçun mijozlar heç qaçon navbatda turişmaydi, yirik naşrlarda balki şunaqadir, ammo bizda vaziyat boşqaça.
Yirik naşrlarda reklama böyiça alohida menejyerlar bor, lekin bizda bu iş jurnalistlarning zimmasida. Çunki moliyaviy ahvolimiz reklamalarni jalb qiliş uçun alohida vakansiya oçiş imkonini bermaydi. Jurnalistlar maqola yozsinmi, saytga reklama topiş bilan şuğullansinmi?! Oson emas, xullas. Bularning barçasi alaloqibat soliqlarga, tahririyatning xarajatlari yuqori ekaniga borib taqaladi.
OAVga solinayotgan soliqlar masalasi yuraklarimizni tirnab turadigan oğriqli masala. Qölimizni kalta qilib turgan ham, yuqorida aytganimday, ayrim faoliyat turlari uçun alohida xodimlarni işdan olişdan qaytarib turgan ham soliqlar bilan boğliq. Çunki bir xodim köpayişi ortidan firmaning soliqlari ham köpayadi.
Hukumatimiz davlat röyxatidan ötib, litsenziya olib faoliyat yuritib kelayotgan elektron ommaviy axborot vositalarini soliqqa tortiş masalasini qayta körib çiqişi, bugungi kunda startap sifatida baholanayotgan köplab loyihalar yuridik maqom olgan holda IT-park rezidentligiga qabul qilinib, soliq tölovlari borasida imtiyozlarga ega bölişayotgani kabi, saytlarga ham ana şunday imkoniyat berilişi kerak deb hisoblayman. Çunki özini özi oyoqqa qöyayotgan, mustaqil OAV uçun bu kabi tölovlar ortiqça yuk bölyapti.
Masalan, xususiy tadbirkor ölaroq yangi iş örinlarini yaratib, jamiyatdagi işsizlik yukini kamaytirişga ma'lum darajada hissa qöşayotgan, bu bilan ijtimoiy portlaşning oldini olayotgan sub'yektlarning faoliyati rağbatlantirilişi kerak. Rivojlangan davlatlarda bu soliq preferensiyalari, mahalliy va xalqaro taşkilotlarning grantlari va boşqa körinişlarda mavjud. Bizga ham turli xalqaro taşkilotlar grant beriş taklifi bilan köp marta murojaat qilişgan, lekin kimgadir moliyaviy qaram böliş ortidan xolislikka putur yetişi ehtimoli mavjudligini öylab bu takliflarni rad etganmiz. Qolaversa, yaqin ötmişimizda çetdan grant olgan ommaviy axborot vositalari boşidan qanday kunlar ötganini ham bilamiz.
Özbekistonda ham ayrim fondlar tahririyatlarning faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun 20-25 mln söm miqdorida grant ajratib keladi, lekin bu pulni erkin tasarruf etolmaysiz. Ajratilgan pulga qat'iy smeta doirasida faqat mebel sotib oliş, bitta yoki ikkita kompyuter xarid qiliş mumkin, xodimlarning iş haqiga yoki boşqa maqsadlarga yönaltiriş mumkin emas. Grant miqdori kamligi öz yöliga, uni olgandan keyin zimmangizga yuklanadigan majburiyatlar, oyma-oy, yarim yillik va yillik hisobotlar köpligidan köpçilik grant olişni istaşmaydi.
Bu kabi muammolarni hal qiliş uçun Özbekistondagi ommaviy axborot vositalarining yuridik maqomi MÇJ, XK yoki OK emas, balki har bir naşr alohida axborot agentligi sifatida röyxatga olinişi hamda ularning faoliyati uçun muayyan soliq preferensiyalari qöllanişini taklif qilmoqçiman. Bu bilan agar hozirgi yuridik maqomimiz bizga imtiyozlar qöllanişida çalkaşliklar yuzaga kelişi mumkin deyişsa, yuridik maqomimizni özgartirişga ham tayyormiz, demoqçiman.
Yaqinda Özbekistonda 1 mln obunaçisi bölgan Telegram kanali egasi bilan gaplaşib qoldim. Kuniga reklamalardan kamida 10 mln söm daromad körarkan. Soliq tölaysizmi desam yöq deydi. Neça yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan, davlat röyxatidan ötgan bizning tahririyatimizga kuniga 10 mln söm kirim bölmaydi. Telegram kanallari bizga öxşab soliq tölab, qiynalib faoliyat yuritayotgan naşrlarda çiqqan materiallarni köçirib bosişadi, ya'ni heç qanday resurs sarflaşmaydi, ularning javobgarlik masalasi ham biznikiçalikmas. Soliq ham tölaşmaydi. Oldi-berdini ham naqd qabul qilişadi. Birinçidan, bunday holat davom etaversa, rasmiy OAV oçgandan köra mana şunday norasmiy faoliyat yuritiş afzal bölib qoladi. Şu bois, OAVni himoyalaş uçun ham bu masalani körib çiqiş kerak, nazarimda. Ikkinçidan, qonunçilikda huquqiy böşliq bölmasligi, hammaga bir köz bilan qaralaşi kerak.
Xurşid Daliyev, Human.uz sayti asosçisi:
– OAV zimmasidagi soliq yuki – bugun tahririyatlarni, ayniqsa, xususiy elektron naşrlarni qiynab kelayotgan asosiy muammolardan biri. Fikrimni quyidagi misollar bilan tuşuntiraman. Deylik, tahririyatda 10 nafar xodim doimiy asosda faoliyat yuritadi. Bugungi kunda yaxşi jurnalistlarga talab yuqori, köngildagidek oylik berilmasa boşqa naşrlarga ötib ketişadi. Oylik qança yuqori bölsa, tahririyat tölaydigan soliqlar ham oşib boradi.
Tahririyat ştat asosida işlovçi har bitta xodimi uçun unga tölanayotgan iş haqining 12 foizi miqdorida ijtimoiy soliq tölaydi. Xodimning oyligi taxminan 5 mln söm deb olinadigan bölsa, bitta xodim uçun tölanadigan ijtimoiy soliq 600 ming sömni taşkil etadi. Endi xodimlar soni 10, 20 yoki undan köp bölsa, çiqim kölamini tasavvur qilavering. Bugungi kunda bu kiçkina raqamlar emas.
Eng qiziği, biz soliğini tölab xodimga tölaydigan iş haqi uçun xodimning özidan ham daromad soliği uşlab qolinadi. Bu bitta narsa uçun ikki marta soliq tölaşdek gap.
Bunday vaziyatda tahririyatlar xodimlarni rasman işga olişdan qoçişadi. Soliqlardan qoçiş uçun jurnalistlar bilan mehnat şartnomasi tuzmasdan, konvert usulida işlaşga ötişadi. Davlat rahbari yaşirin iqtisodiyotga barham beriş kerakligini ta'kidlab turgan, hukumat uşbu topşiriq ijrosini ta'minlaşga urinayotgan ayni kezlarda soliq siyosatining beburdligi ortidan yana tadbirkorlar «soya»ga qoçişga majbur bölişi mumkin. Çunki tizim şunga majburlamoqda.
Özbekistonda ommaviy axborot vositalarini soliqqa tortişga negadir spetsifik yondaşilmaydi. Aslida şunday bölişi kerak. Çunki bozorning boşqa iştirokçilarini tahririyatlar bilan soliştirib bölmaydi. Masalan, respublikadagi yirik işlab çiqaruvçi bölgan GM Özbekiston yoki OKMK qanday soliqqa tortilsa, saytlar ham şunday soliqqa tortib kelinmoqda. Vaholanki, yuqorida nomlari körsatilgan yirik işlab çiqaruvçilar özlari mahsulot işlab çiqarib uni realizatsiya qilişadi. Saytlar faqat axborot işlab çiqaradi, uning realizatsiyasi amalda mavjud emas, ya'ni öquvçi saytda çiqqan axborotlarni öqigani uçun heç qanday pul tölamaydi. Bunday vaziyatda ikki xil holatdagi sub'yektni bir xil soliqqa tortiş mantiqqa töğri kelmaydi.
Tahririyatlarning asosiy daromadi tijoriy maqolalar va reklamalardan. Şu daromadlarga ham QQS solinayotgani alohida mavzu. Bu xarajatlar yaqinda taşkil etilgan yoki ança oldin taşkil etilgan bölsa-da, daromadlari yuqori bölmagan har qanday tahririyatning belini bukib qöyadi. Şunday bölyapti ham.
Özbekistonda OAVga davlat tomonidan heç qaçon subsidiyalar berilmagan. Oliy Majlis qoşidagi fond har yili 30 mln sömgaça bölgan miqdorda grant ajratib keladi, lekin bu pul risoladagidek tahririyat taşkil etiş, faoliyat yuritiş uçun urvoq ham bölmaydi. Ommaviy axborot vositalariga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilişi şart. OAV nimaning hisobiga yaşaydi? Juda köplab tarmoqlarga preferensiyalar berilayotgan bir paytda nega endi jamiyatni illatlardan tozalovçi sohaga imtiyoz berilmasligi kerak?
Masalan, budjet mablağlari hisobidan MTRK va ÖzA faoliyatini rivojlantiriş uçun ajratilayotgan milliard-milliard pullar haqida hali gapirayotganimiz ham yöq. Bundan taşqari, uşbu ikki taşkilotga axborot oliş uçun berilayotgan ruxsat, har qanday axborot eng avval ularga taqdim etilişi, bir söz bilan aytganda, axborot monopoliyasi haqida ham indamayapmiz.
Sörayotganimiz, özini özi ta'minlaşga harakat qilayotgan, yangi iş örinlari yaratayotgan ommaviy axborot vositalarini heç bölmasa oyoqqa turib olguniça qöllab turiş kerak. Özbekistondagi har qanday ommaviy axborot vositasi faoliyatini boşlagan ilk kezlardan boşlab aslida davlatga xizmat qiladi: uning faoliyatini yoritadi, qayerdaki muammolar kuzatilayotgan bölsa, ularni körsatib beradi, mavjud kamçiliklarga oyna tutadi.
Ommaviy axborot vositalariga preferensiyalar berilişidan davlat faqat yutadi. Birinçidan, Özbekistonda ommaviy axborot vositalari soni u qadar köp emas. Şuning uçun soliq stavkalari bekor qilingan yoki kamaytirilgan taqdirda ham bu budjet tuşumlari keskin kamayib ketişiga olib kelmaydi. Ikkinçidan, davlat tomonidan beriladigan iqtisodiy yengilliklar sabab mamlakatdagi OAV moliyaviy barqarorlikka erişadi. Tabiiyki, birovning qöliga qaram bölmagan, özini özi ta'minlay olgan naşrlar zimmasidagi vazifalarni xolis bajara olişadi.
Jamşid Niyozov suhbatlaşdi
Tahririyatdan: Turdoş soha vakillarini ayni kunda qiynab kelayotgan soliq yukiga oid muammolar Kun.uz veb-sayti tahririyatining muassisi bölgan korxona uçun ham begona emas. OAVga soliq imtiyozlari Hukumat darajasida körib çiqilib ijobiy hal etilsa, mamlakatda jurnalistika sohasi yanada rivojlanib, köplab qöşimça iş örinlari yaratilişiga sabab bölardi.