Moskva markazida 3 iyun kuni keçqurun bir kişi öğirlab ketildi. Bu haqda birinçi bölib «Baza» va «Ostorojno, novosti» telegram-kanallari xabar berdi. Guvohlarning sözlariga köra, Yaroslavl vokzali yaqinidagi maydonda bir neça kişi bir kişini kötarib, miltillovçi çiroq va AMR seriyali raqamlar örnatilgan qora «Mersedes» yukxonasiga tiqib qöygan. Guvohlarning videosida sport kostyumlari yoki qora pidjak kiygan bir neça soqolli erkaklar öğirlangan şaxsni maşina tomon sudrab ketayotgani, u «Yordam bering!», «Kerak emas!» va «Politsiya!» deb baqirganini köriş mumkin. «Baza» xabarida «aksentiga qaraganda», odam öğrilari çeçenistonliklar ekani ta’kidlangan.

Köp ötmay öğirlangan şaxs kimligi ma’lum böldi – Areg Şçepixin (turli ma’lumotlarga köra, u 39 yoki 40 yoşda). «Ostorojno, novosti» naşri yozişiça, Şçepixin Ximkida yaşaydi, «özini tadbirkor, Rossiya qahramoni va top-menejer deb ataydi». Telegram-kanalning aniqlaşiça, 2019 yilda u «Rossiya – imkoniyatlar mamlakati» tanlovida iştirok etgan, keyin esa «ijtimoiy tarmoqlarda ğalati postlar yoza boşlagan». «Baza»ning ta’kidlaşiça, Şçepixin özining ijtimoiy tarmoqlarida doimiy ravişda taniqli şaxslar, jumladan, Putinning yordamçisi Vladimir Medinskiy, özini özi mustaqil deb e’lon qilgan DXR rahbari Denis Puşilin, TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bilan tuşgan suratlarini joylaştirib kelgan.

Bundan taşqari, «Baza»ning aniqlaşiça, Şçepixin bir neça marta çeçen xalqi, Alloh va Qur’onni haqoratlab video yozgan. Uning onasi «Baza»ga öğli Toğli Qoraboğdagi uruş tufayli ham musulmonlarga va islom diniga «keskin salbiy munosabatda böla boşlagan». Ayolning sözlariga köra, Areg uruşda qatnaşmagan, «ammo öşa voqealarni faollik bilan kuzatib borgan va uruşning natijalarini juda oğir qabul qilgan». «Ostorojno, novosti»ning yozişiça, Şçepixin navbatdagi haqoratli videosini 3 iyun kuni e’lon qilgan. Video «çeçen blogerlarga yetib borgan va ular videoni yanada keng tarqatib», «uşbu erkakni tutiş va jazolaş»ni talab qilgan, deyiladi telegram-kanal xabarida.

Areg sönggi videosini 3 iyun kuni öğirlab ketilişidan bir neça daqiqa oldin yozgan. Unda u Yaroslav vokzali böylab yurib, blogerlar Dmitriy Portnyagin va Grigoriy Avetov haqida gapirib, «ular 10–15 yildan buyon giyohvand moddalar qabul qilişi»ni aytadi. «Umuman olganda, „Transformatsiya“, „Biznes-klub 500“ [forumlarini] ötkazgan uşbu tölqin va Amerika bilan qisman aloqada bölgan hamda qandaydir munosabatlarni saqlab turgan barça yigitlar – mamlakatimiz uçun eng katta tahdiddir», – deydi Şçepixin .