Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda notariusdan tovlamachilik bilan 33 000 dollar olayotgan shaxs qo‘lga olindi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida notariusdan tovlamachilik bilan 33 000 dollar olayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 7 may kuni Samarqand viloyati IIBga, Kattaqo‘rg‘on shahrida ishlovchi notarius ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi M.Sh. 2020 yil sentyabrdan buyon fuqarolar o‘rtasidagi uy-joy oldi-sotdi shartnomasini noqonuniy rasmiylashtirganini ro‘kach qilib, jinoiy javobgarlikka torttirib, qamatib yuborish bilan qo‘rqitib kelayotganini bildirgan. Jumladan, M.Sh. tergov organiga borib notariusning aybi yo‘qligini yozib berib, tinch qo‘yishini aytib, evaziga undan tovlamachilik yo‘li bilan 38 000 AQSh dollari talab qilgan.
Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, Kattaqo‘rg‘on shahar kadastr xodimlarining noqonuniy harakatlari bo‘yicha jinoyat ishi mavjudligi, jinoyat ishi yuzasidan xususiy notariusning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emasligi aniqlangan.
Shundan so‘ng 7 may kuni Samarqand viloyati IIB JQB hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida tezkor tadbir o‘tkazilib, Kattaqo‘rg‘on tumani «Baland Chordara» MFYda yashovchi M.Sh. notariusdan 33 000 dollarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025