Samarqand viloyati Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning "Ğallakor" mahallasida yaşovçi fuqaro Ş.ning yaşaş uyi közdan keçirilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida uyda tarkibida oltin moddasi bölişi ehtimoli bölgan toşlarni maydalaş uçun möljallangan tegirmon, tegirmon içidan 300 kilogramm qum, 25 qop toş (2 tonna), 31 qop qum (1,5 tonna) aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.
Şu vaqtda Ş.ning xonadoniga Qöşrabod tumani "Boytup" qişloğida yaşovçi qarindoşi, fuqaro B. kelib, toş va qumlarni hujjatlaştirib olib ketmaslik evaziga IIB xodimlariga 2000 AQŞ dollarini taklif qilgan. IIB xodimlari fuqarolarga pora beriş jinoyat ekanligini tuşuntirişmasin, "işni bosdi-bosdi qiliş uçun kelişuv" 4000 AQŞ dollari miqdorigaça kötarilib, fuqarolar pora taklif qilişda davom etgan, deyiladi xabarda.
IIB xodimining qilgan murojaatiga asosan, 2020 yil 15 sentabr kuni IIV Öz xavfsizligi boşqarmasi Samarqand viloyati bölimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B. IIB xodimiga 17 000 000 söm miqdordagi pullar va 1900 AQŞ dollarini pora tariqasida bergan vaqtida daliliy aşyolar bilan uşlandi.
Hozirda prokuratura organlari tomonidan har ikkala fuqaroga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.













