Samarqand viloyati Kattaqörğon şahrida tezkor xodimga 2 000 dollar pullarni pora sifatida bermoqçi bölgan şaxsga jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 10 may kuni Samarqand şahri böyiça IIO FMB tezkor xodimi Qorasuv maskani Bahodir Yalangtuş mahallasida özini şubhali tutgan A.Yu.ni xolislar iştirokida tintuvdan ötkazganda, uning çöntagida 2,16 gramm oğirlikdagi marixuana borligi aniqlanib rasmiylaştirilgan.

Şundan söng mazkur fuqaro öziga nisbatan töplangan hujjatlarni röyxatdan ötkazmaslik va tergov organi tomonidan qonuniy çora körmaslik evaziga tezkor xodimga 2 000 dollarni pora sifatida taklif qilgan.

Xodim unga bir neça marotaba bu iş jinoyat ekanini tuşuntirişiga qaramasdan, u pora taklif qilişda davom etgan. Tezkor xodim holat yuzasidan viloyat IIB boşliği nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Qayd etilişiça, xodimning bildirgisiga asosan, 11 may kuni IIV ÖXB Samarqand viloyati böyiça bölimi, Samarqand şahri böyiça IIO FMB, Samarqand şahar prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda Kattaqörğon şahar A.Temur köçasida yaşovçi 1987 yilda tuğilgan A.Yu. IIB xodimiga 2 000 dollarni pora tariqasida bergan vaqtda daliliy aşyolar bilan uşlangan.

Ta'kidlanişiça, holat yuzasidan A.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.