«O‘zbekneftgaz»: «GTL» loyihasi doirasida loyihalashtirish ishlari to‘liq yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va topshirig‘iga ko‘ra bunyod etilayotgan «Uzbekneftegaz GTL» zavodi Markaziy Osiyoda eng yirik ishlab chiqarish loyihasi bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: O‘zbekneftgaz
Ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samarali natijasida koronavirus pandemiyasi davrida ham ulkan majmuada olib borilgan qurilish ishlari to‘xtab qolmadi.
Quvonarlisi esa, «GTL» loyihasi doirasida hozirda loyihalashtirish ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, qurilish-montaj ishlariga 8000ga yaqin ishchi va muhandislar, 522 ta maxsus texnika jalb qilindi.
Qurilish maydoniga jami 1 045 ta texnologik uskunadan 1010 tasi (96,7%) yetkazib kelindi.
«Uzbekneftegaz GTL» zavodida ayni paytda qurilmalarni ishga tushirish, montaj qilish, sozlash jarayonlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi qat’iy nazoratga olingan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» tomonidan investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlarini yakunlash holati, tashqi infratuzilma obektlari qurilishining olib borilishi, shuningdek, «Uzbekneftegaz GTL» korxonasining ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlarining amalga oshirilish jarayonlari muntazam o‘rganilib kelinmoqda.
Bugungi kunda loyihaning bosh pudratchilari – Koreyaning «Hyundai Engineering», «Hyundai Engineering&Construction» hamda «Enter Engineering» (Singapur) konsorsiumi tomonidan zavodda uskunalarni ishga tushirish ishlari faol sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Quyida zavodda ishga tushirilgan obektlar bilan tanishishingiz mumkin:
– 2020 yil noyabrda bosh podstansiya ishga tushirilib, zavod tashqi tizimdan elektr energiyani qabul qilishni boshladi;
– 2020 yil noyabrda nazorat o‘lchov va avtomatika tizimining boshqaruv binosi hamda Markaziy boshqaruv pulti ishga tushdi;
– 2021 yil yanvarda xom suvni qayta ishlash qurilmalari – Mineralsiz suv ishlab chiqarish hamda yong‘in o‘chiruv suv tizimi qismi ishga tushdi;
– 2021 yil fevralda Mash’ala tizimi va bug‘ ishlab chiqarish kotellari foydalanishga topshirildi.
Mart oyidan zavodga yonilg‘i gazi qabul qilish boshlandi. Shuningdek, aprel oyida Suvni sovitish qurilmasi (gradirnya) ishga tushirildi.
«GTL» sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirilishi bilan yiliga 3,6 mlrd kub metr gaz qayta ishlanib, undan 1,5 mln tonna sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqariladi.
Ma’lumot uchun: 307,3 ming tonna aviakerosin, 724,6 ming tonna dizel yonilg‘isi, 437,3 ming tonna nafta, 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz. 1321 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, yiliga 7,8 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.
«Uzbekneftegaz GTL» zavodi haqidagi tasavvuringizni boyitish uchun zavod Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan qurilish maydonining qush parvoz qiladigan balandlikdan olingan videolavhasini tomosha qilishni tavsiya qilamiz.
«Uzbekneftegaz GTL» zavodi matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron yadroviy kelishuvni qayta tiklashdan bosh tortdi
Jahon | 17:35
-
Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 17:32
-
O‘ttiz yil oldin Yaponiyadagi sekta Tokio metrosida zarin gazi ishlatib, terakt uyushtirgandi - fotosuratlar
Jahon | 17:24
-
Apple va Stiv Jobsga bag‘ishlangan kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:09
Mavzuga oid

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?

22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

18:04 / 14.09.2024