Amerikaning RR Auction kimoşdi uyi noyob va töliq soz holatda bölgan Apple-1 kompyuterini 375 ming dollarga sotdi, deb xabar beradi MacRumors portal.

Apple-1 bu — Apple asosçilari Stiv Jobs va Stiv Voznyak tomonidan yaratilgan va sotilgan şaxsiy kompyuter hisoblanadi. U 1976 yilda işlab çiqarilgan kompyuterlarning birinçi avlodi bölib, şaxsan Jobs tomonidan qölga tuşirilgan seriya raqamlari bilan ajralib turadi.

Qayd etilişiça, kimoşdiga qöyilgan kompyuter juda yaxşi holatda saqlangan va Appleʼning ilk xodimlaridan biri hisoblanuvçi Deniel Kottkening original qöllanmasi bilan qöşib sotilgan.

Stive Jobs and the Apple Revolution nomi ostida ötgan mazkur kimoşdi savdolari davomida Apple tarixiga boğliq boşqa noyob lotlar ham sotuvga qöyilgan. Ular orasida Jobsning imzosi tuşirilgan 1976 yilgi çek — 112 ming dollarga, 4 gigabayt xotiraga ega birinçi avlod iPhone qurilmasi — 87,5 ming dollarga sotilgan.

Şuningdek, Apple Lisa kompyuteri 56,8 ming dollarga baholangan. Savdolar davomida jami 1 million 308 ming dollar töplangan.

Eslatib ötamiz, 2016 yilda birinçi Apple kompyuteri – Apple-1’ning prototipi auksionda 815 ming dollarga sotilgan edi.