Özbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
|22:51 / 27.12.202429 41910 min
Özbekistonda gaz tanqisligi bilan boğliq muammolar milliy iqtisodiyot va aholi turmuşiga juda yomon ta’sir qilmoqda. Qiş oylarida isimayotgan uylar, metan şoxobçalaridagi uzundan uzun navbatlar, ön minglab tadbirkorlarning tarmoqdan uzilişi... Bu zararlar qiymati hisob-kitob qilinmaydi, aksinça, “köpga kelgan töy”, “anomal qiş” degan vajlar bilan xaspöşlanadi xolos.
13 yilda 30 foizlik qisqariş
Har qanday mamlakat, şu jumladan Özbekiston uçun ham tabiiy gaz resurslari strategik ahamiyatga ega. Bu mamlakat iqtisodiyoti, energetik xavfsizligi va taşqi savdo balansiga juda katta ta’sir körsatadi.
Sönggi ma’lumotlarga köra, elektr energiyasi generatsiyasining 70 foizdan ortiği gaz hisobiga amalga oşiriladi. Gaz qazib oliş esa qisqarib boryapti. Xususan, 2010–2023 yillar oraliğida bu qisqariş qariyb 30 foizni yoki 19,2 mlrd kub metrni taşkil qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlaridan kelib çiqilsa, 2010-2023 yillar oraliğida tabiiy gaz qazib oliş hajmi 30 foizga qisqargan:
Joriy yilda ham gaz qazib olişdagi pasayiş davom etyapti. Masalan, yanvar-noyabr oylarida 40,7 mlrd kub gaz qazib olingan, bu 2023 yilning mos davriga nisbatan 4,7 foizga kam. Keyingi yilda vaziyat yanada yomonlaşişi mumkin. Masalan, mamlakatdagi eng yirik gaz qazib oluvçi “Özbekneftgaz” 2025 yilda 26,5 mlrd metr kub tabiiy gaz qazib olişni rejalaştiryapti. Bu hajm 2024 yilgi prognozdan 2,8 mlrd kub metrga, 2022 yildagi qazib oliş hajmidan 5,7 mlrd kub metrga kam.
Oxirgi yillarda kompaniya gaz qazib olişni köpaytiriş uçun milliardlab dollar qarz oldi, ammo bu natijalarda aks etayotgani yöq. Masalan, keyingi yil ham işlab çiqariş loyihalari va geologiya-qidiruv işlarini moliyalaştiriş uçun 2 mlrd dollarlik xorijiy kreditlarni jalb qiliş közda tutilgan.
Mavzuga oid
Gaz eksport qiluvçi davlatdan sof importyorlikkaça
Özbekiston uzoq yillardan beri xorijga gaz eksport qiluvçi davlat bölib kelgan. Lekin 2020 yildan boşlab eksport keskin qisqara boşladi.
2018-2023 yillar oraliğida xorijga gaz sotiş qiymat jihatdan qariyb 4,6 barobarga kamaygan.
Özbekiston gazi asosan Rossiya, Xitoy, Qirğiziston kabi mamlakatlarga eksport qilib kelinardi. 2020 yilda Rossiyaga eksport töxtatildi, Xitoyga yetkazib beriş hajmi ham kamaya boşladi.
Alohida töxtalib ötiş lozimki, şu paytgaça özbek gazini xorijga sotiş narxi biror marta oçiqlanmagan va bu “tijoriy sir” sifatida tavsiflanadi.
Joriy yilning dastlabki 11 oyida 593 mln dollarlik gaz eksport qilindi. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 16,5 foizga köp. Taqçillik sabab gaz eksporti qisqarib borayotgan bölsa-da, töxtagani yöq. Bu rasmiy Toşkent va Pekin örtasida gaz oldi-sotdisi böyiça uzoq muddatli şartnoma borligi bilan izohlab kelinadi, şartnoma şartlari jamoatçilikka oçiqlanmagan.
Ötgan yildan boşlab rasmiylar mahalliy qazib oliş taqçilligini Turkmaniston va Rossiyadan gaz import qiliş hisobiga qoplaşni boşladi. Jumladan, 2023 yilning avgust oyida rasmiy Toşkent va Aşxobod yiliga 2 mlrd kub metrgaça gaz yetkazib beriş böyiça qisqa muddatli bitim imzoladi. Oktyabr oyidan boşlab esa rus gazini Qozoğiston orqali Özbekistonga yetkazib beriş jarayoniga start berildi. Şu tariqa, uzoq yillar davom etgan noratsional iqtisodiy va energetik siyosat oxir-oqibat gazga boy mamlakatni boşqa davlatlarning gaziga muhtoj qilib qöydi.
Özbekiston 2023 yilda 695 mln dollarlik gaz import qilgan bölsa, joriy yilning ötgan davrida bu körsatkiç 1 mlrd 552mln dollarga yetib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 barobarga köpaydi.
Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovga köra, Ustyurtdagi konlarda olib borilayotgan geologik işlar kutilganidek bölmasa, xorijdan gaz importi 2030 yilga borib 10-11 mlrd kub metrga yetişi mumkin.
Gaz böyiça boşqa kelişuvlar kabi, import şartnomalari şartlari ham oçiqlangani yöq. Rossiya OAVga köra, ötgan yili rus gazining Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga importi 1,22 mlrd kub metrni taşkil etgan. Özbekiston tomoni har 1000 kub metr gazni taxminan 160 dollardansotib olgan. Taqqoslaş uçun, Qirğiziston tomoni doimiy ravişda xarid narxiga oid ma’lumotlarni oçiqlab keladi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, qöşni respublika rus gazini qariyb 112 dollardan sotib olmoqda.
Umuman olganda, 2023 yilda Özbekistonning gaz eksporti va importi örtasidagi salbiy farq 165 mln dollarni, 2024 yilning 11 oyida esa 959 mln dollarni taşkil etdi.
Turkman gazini sotib oliş uçun tarixiy imkoniyat
Dunyoda tabiiy gazga boy davlatlar juda köp. Ulardan biri – yon qöşnimiz Turkmaniston. Statista ma’lumotlariga köra, rasmiy Aşxobodning tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari qariyb 14 trln kub metrni taşkil etib, dunyoda Rossiya, Eron, Qatar va AQŞdan keyin beşinçi örinda turadi. Mamlakat yirik sanoat işlab çiqariş quvvatlariga ega emasligi sababli qazib olingan gazning asosiy qismi eksport qilinadi. Sönggi yillarda Turkmanistonda qazib oliş hajmi ham keskin köpaytirildi. Masalan, bu körsatkiç 2020 yilda 66 mlrd kub metrni taşkil etgan bölsa, 2023 yilda 80,6 mlrd kub metrgaça oşirilgan.
Turkman gazining asosiy xaridor mamlakatlari Xitoy, Rossiya va Eron bölib kelgan. Şu yilning yozida Rossiya bilan gaz şartnomasi muddati tugadi va yetkazib beriş töxtatildi. 2019 yilda tuzilgan şartnomaga muvofiq, “Turkmengaz” “Gazprom”ga yiliga 5,5 mlrd kub metrgaça gaz yetkazib berişi kerak bölgan. Ayni vaziyatda Turkmaniston öz gazini baribir kimgadir sotişi kerak. Transkaspiy quvuri orqali Yevropaga eksportni amalga oşiriş hozirça faqat istiqbolli loyiha şaklida mavjud xolos. “Turkmaniston – Afğoniston – Pokiston – Hindiston” (TAPI) gaz quvurini quriş işlari ham katta mablağ talab qilişi sababli juda sekin ketyapti va hali köp yil davom etadi.
Mavjud vaziyat Özbekistonga energetika muammosini arzon, qulay va uzoq muddatga hal qiliş uçun tarixiy imkoniyat taqdim etişi mumkin. Noyabr oyining boşida ikki davlat rasmiylari gaz yetkazib beriş hajmini oşiriş böyiça kelişuvga erişganini ma’lum qildi, ammo uzoq muddatli şartnoma tuziş haqida hozirça ma’lumotlar mavjud emas.
Özbekistonning gaz zaxiralari qança?
2021 yil 1 yanvar holatiga köra, Özbekistonda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 1 trln 867 mlrd kub metrga baholangan edi va joriy qazib çiqariş hajmlarida bu zaxiralar kamida 34 yilga yetişi ma’lum qilingandi. Öşa yilning fevral oyida sobiq energetika vaziri Alişer Sultonov “Amerika ovozi”ga bergan intervyusida “gazimiz uçta Özbekistonni boqa oladi” deya ta’kidlagandi.
2023 yilning avgust oyida Özbekistonda 296 ta neft-gaz koni mavjudligi, ularda jami 1 trln 854 mlrd kub metr gaz zaxiralari borligi ma’lum qilingan. 296 ta neft-gaz konidan 122 tasi “Özbekneftgaz”ga tegişli bölib, respublika umumiy gaz zaxirasining teng yarmi – 933 mlrd kub metri uşbu konlar hissasiga töğri keladi.
OPEK taşkiloti tomonidan tuzilgan reytingda Özbekistondagi gaz zaxirasi 1 trln 522 mlrd kub metrga baholangan va dunyodagi umumiy gaz hajmining 0,74 foizi bilan 22-öringa joylaştirilgan. Boşqa bir xalqaro manbada esa bu körsatkiç 1 trln 840,5 mlrd kubmetr ekani körsatilib, Özbekiston eng köp tabiiy gaz zaxirasiga ega davlatlar qatorida 17-örinda qayd etilgan.
Gaz qazib oliş hajmini oşiriş mumkinmi?
Bir neça ön yilliklarga yetadigan zaxiramiz bor ekan, xorijdan gaz sotib olmay, şuni işlatsak bölmaydimi, degan savol paydo bölişi mumkin. Ötgan yilda qabul qilingan “Özbekiston – 2030” strategiyasida ham tabiiy gaz qazib oliş hajmini yiliga 62 mlrd kubga yetkaziş vazifasi qöyilgandi. Bu – işlab çiqariş hajmi 7 yil içida 33 foizga oşişi kerakligini anglatadi.
Ammo vaziyat yaxşilanayotgani yöq. Aksinça, oydan oyga gaz qazib oliş hajmi kamayişda davom etyapti. Rasmiylarga köra, köpgina konlarda qazib oliş texnologik va iqtisodiy jihatdan qiyinlaşgan, işlab çiqariş xarajatlari qimmatlaşgan, işlab çiqarişni oşiriş uçun sarmoya kerak. Ayni paytda, gaz qazib olişni köpaytiriş böyiça oxirgi yillarda qabul qilingan dasturlar, taşqi qarzlar va budjetdan yönaltirilgan katta miqdordagi mablağlarning samarasi körinayotgani yöq. Mamlakat esa taşqi bozorlarga tobora köproq qaram bölib boryapti