17:00 / 17.05.2021
5872

Rossiyalik amaldorlarga Chexiya va AQShda ko‘chmas mulkka egalik qilish taqiqlandi

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarda ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan mansabdorlar lavozimini tark etishlariga to‘g‘ri keladi.

Foto: IZVeSTIYa

Rossiyaning yuqori lavozimdagi mansabdorlari hukumat «nodo‘st davlatlar» deb topgan Chexiya va AQShda ko‘chmas mulkka egalik qilmasligi shart. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«Yuqori lavozimdagi mansabdorlarga Chexiya yoki Amerikada ko‘chmas mulkka egalik qilish taqiqlangan. Agar ularning o‘sha yerda ko‘chmas mulki bo‘lsa, demak, ular yuqori lavozimdagi amaldor emas», — dedi u.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarda ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan mansabdorlar lavozimini tark etishiga to‘g‘ri keladi.

«Agar ular yuqori lavozimdagi mansabdor bo‘lsa va u yerda ko‘chmas mulkka ega bo‘lsa, ular yuqori lavozimdagi mansabdor bo‘lishni to‘xtatishlari kerak va bu bilan tegishli idoralar hamda prezident ma'muriyati bo‘linmalari shug‘ullanadi», — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Avvalroq Rossiya hukumati «nodo‘st davlatlar» ro‘yxatini e'lon qilgandi. Bu ro‘yxatga Chexiya va AQSh kiritilgan. 

Mavzuga oid
Top