Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston «qora mog‘or»ga qarshi kurashish uchun dori izlamoqda
Mukormikoz intensiv davolash bo‘limida yotgan, uzoq vaqt steroidlar qabul qilgan, qand kasalligi bo‘lgan koronavirus bemorlarida aniqlanmoqda.
Hindiston «qora mog‘or» muammosini bartaraf etishda yordam berishi mumkin bo‘lgan dorilarni izlamoqda. Bu haqda Hindistonning Rossiyadagi elchisi Bala Venkatesh Varma ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «qora mog‘or» yoki mukormikoz kasalligi koronavirusdan davolash uslublaridagi nojo‘ya ta'sirlar oqibatida kelib chiqqan.
«Biz biror dori vositasi taqdim eta olishi mumkinligini bilish maqsadida Rossiya hukumati bilan ham bog‘landik. Shuningdek, «qora mog‘or» muammosi kelib chiqmasligi uchun koronavirusdan davolash sxemasini o‘zgartirish uslubini izlayapmiz», – ta'kidlagan Varma.
Mukormikoz intensiv davolash bo‘limida yotgan, uzoq vaqt steroidlar qabul qilgan, qand kasalligi bo‘lgan koronavirus bemorlarida aniqlanmoqda.
Hindistonda «qora mog‘or» kasalligi may oyi boshida qayd etilgandi.
Rajaston va Telangana shtatlarida mukormikoz epidemiyasi e'lon qilingan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026