Hindistonning Rajaston va Telangan ştatlarida «qora moğor» deb ataluvçi mukormikoz kasalligi epidemiyasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda REGNUM.
Epidemiya töğrisida dastlab Rajaston ştatida e'lon qilindi. Bu haqdagi xabarnomani ştat soğliqni saqlaş vaziri Axil Aroroy imzolagan.
Rajastonda «qora moğor»ga çalingan 100ga yaqin bemor bölib, ularni davolaş uçun Savay Man Singx şifoxonasida alohida bölim hozirlangan.
Qayd etilişiça, Rajastonda mukormikozga çalinganlar soni koronavirus sababli ösişda davom etmoqda. Bu kasallik koronavirusning nojöya ta'siri sifatida kelib çiqmoqda.
Rajaston ortidan Telangan ştati soğliqni saqlaş vaziri Srinivasa Rao ham «qora moğor» epidemiyaga aylanganini e'lon qildi.
Hindistonda «qora moğor» kasalligi may oyi boşida qayd etilgandi. Mukormikoz köpinça koronavirusdan yaqinda soğayganlarda aniqlanmoqda.
Avvalroq Rossiyada COVID-19 bemorlarida xavfli "qora moğor" kasalligini yuqtiriş holatlari qayd etilgani xabar qilingandi.

















