Toşkent şahar ma'muriy sudi raisi Uluğbek Almamedov 1-çorak yakunlariga bağişlab 4 may kuni ötkazilgan brifingda davlat mansabdorlarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş yuzasidan körilgan işlar haqida ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 3 oyi davomida ma'muriy organlar mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş bilan boğliq işlar soni tuzilmalar kesimida quyidagiça köriniş olgan:
- Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topiş yuzasidan 176 ta iş körilgan. Şundan, 161 tasi qanoatlantirilgan, 6 tasi rad qilingan, 6 tasi körmasdan qoldirilgan, 3 tasi iş yuritişdan tugatilgan;
- mahalliy hokimliklar mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş va hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topiş yuzasidan 106 ta iş körilgan. Şundan, 37 tasi qanoatlantirilgan, 46 tasi rad qilingan, 13 tasi körmasdan qoldirilgan, 10 tasi iş yuritişdan tugatilgan (Yer uçastkalarini olib qöyiş, kompensatsiya);

- davlat soliq organlari mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topiş yuzasidan 46 ta iş körilgan. Şundan, 15 tasi qanoatlantirilgan, 13 tasi rad qilingan, 18 tasi iş yuritişdan tugatilgan;
- adliya organlari (notarius, FHDYo, Davlat xizmatlari agentligi va b.) mansabdor şaxslarining xatti-harakatlarini ğayriqonuniy deb topiş, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topiş yuzasidan 11 ta iş körilgan. Şundan, 7 tasi qanoatlantirilgan, 3 tasi rad qilingan, 1 tasi körmasdan qoldirilgan.
Uluğbek Almamedovning qayd etişiça, davlat soliq organlari bilan boğliq işlarning aksariyatini QQS qöllaş böyiça qarorlar ustidan berilgan şikoyatlar taşkil etadi.











