Bir oy ilgari Toşkent tumanlararo ma'muriy sudida «obnal işi» böyiça tadbirkorning soliq organiga nisbatan arizasi yuzasidan sud jarayoni boşlangandi. Kun.uz Toşkent şahrida faoliyat yuritadigan tadbirkor va Toşkent şahar davlat soliq inspeksiyasi örtasidagi «obnal işi» yuzasidan sudni yoritib bordi.

26 aprel kuni sud tadbirkor foydasiga hal qiluv qarori çiqardi.

Da'vogar sudga soliq organining dalil-isbotsiz bitimlarni közböyamaçilik uçun tuzgan, deb hisoblab qöşimça qiymat soliği böyiça hisobga olişni bekor qiliş va tuzatişni amalga oşirişdan iborat xatti-harakatini qonunga xilof deb topiş töğrisida da'vo arizasini kiritgan edi.

Soliq organi 10 fevralda tadbirkorning hisobga olingan QQS hisobotidagi summani közböyamaçilik uçun tuzilgan bitim orqasidan kelib çiqqan, deb taxmin qilib, Soliq kodeksining 266-moddasida berilgan huquq asosida tadbirkorning QQS soliği böyiça şaxsiy hisobvarağiga özgartiriş kiritib, unga soliq majburiyatini yuklagan.

Tadbirkor vakilining fikriça, Soliq kodeksining 266-moddasi bilan berilgan huquq, soliq organlarining soliq nazoratini amalga oşiriş majburiyatidan kelib çiqadi. Öz navbatida, soliq nazorati kodeksga binoan soliq tekşiruvlari va soliq monitoringi şaklida amalga oşiriladi. Demakki, soliq organining hisobga olingan QQS summasiga özgartiş kiritiş (korrektirovka) vakolati, har bir alohida olingan vaziyatda, soliq organi tomonidan tekşiruv ötkaziş töğrisidagi buyruği, soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlangan holatlarda tekşiruv dalolatnomasining rasmiylaştirilişi, tekşiruv natijalarining soliq tölovçisi iştirokidagi muhokamasi va nihoyat tekşiruv böyiça soliq organining qarori qabul qilinib, qaror qonuniy kuçga kirganidan söng yuzaga keladi.

Nizoli vaziyatda esa, soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari ötkazilgan bölsa-da, uning natijalari Soliq kodeksiga binoan rasmiy tekşiruv, uning dalolatnoma va qarorlari asosida rasmiylaştirilmagan.

Sud da'vogarning arizasini şu asoslarga köra qanoatlantirdi.

Ya'ni Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasining mansabdor şaxslari tomonidan tadbirkorga nisbatan Soliq kodeksining 14- va 266-moddalariga zid ravişda dalil-isbotsiz bitimlarni közböyamaçilik uçun tuzgan, deb hisoblab, QQS böyiça hisobga olişni bekor qiliş va tuzatişni amalga oşirişdan iborat 10 fevraldagi xatti-harakati qonunga xilof deb topildi.