Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya boshlanganidan buyon Chexiyada to‘rtinchi sog‘liqni saqlash vaziri iste'foga chiqdi
7 aprel kuni vazirlikka tayinlangan Arenberger Bryusseldagi YeI sammitida qatnashayotgan bosh vazir Andrey Babishga qo‘ng‘iroq qilgan va iste'foga chiqqanini aytgan.
Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Petr Arenberger o‘z lavozimini tark etmoqda. U pandemiya boshlanganidan buyon iste'foga chiqayotgan to‘rtinchi sog‘liqni saqlash vaziridir, deb yozadi Associated Press (AP).
Qayd etilishicha, 7 aprel kuni vazirlikka tayinlangan Arenberger Bryusseldagi YeI sammitida qatnashayotgan bosh vazir Andrey Babishga qo‘ng‘iroq qilgan va iste'foga chiqqanini aytgan.
Vazirning iste'foga chiqishiga uning soliq hisobotida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganlikda ayblanishi sabab bo‘lgan.
Babishning so‘zlariga ko‘ra, u Adam Voytexni sog‘liqni saqlash vazirligiga nomzod sifatida ko‘rmoqda. Voytex Chexiya koronavirus epidemiyasi bilan to‘qnash kelgan vaqtda sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan.
21 sentyabrda uning o‘rnini egallagan epidemiolog Roman Primula esa karantin vaqtida yopilgan restoranga borganidan so‘ng iste'foga chiqishga majbur bo‘lgan.
29 oktyabrda Yan Blatni ushbu lavozimga tayinlandi. Ammo u epidemiyaga qarshi choralar ko‘rishda Andrey Babish bilan qarashlari to‘g‘ri kelmagani uchun aprel boshlarida iste'foga chiqarildi.
Mavzuga oid
09:38 / 12.06.2026
JCh-26. Koreyslar kambek amalga oshirdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026