Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Rossiya va Belarusdan elektr energiyasi olish taqiqlandi
Ukraina energetika vaziri German Galushchenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlardan energiya import qilinishi Ukrainaning energetika sohasidagi strategik maqsadlariga zid bo‘lib, energetika xavfsizligiga tahdid soladi.
Ukraina energetika va kommunal xizmatlar sohasini muvofiqlashtirish milliy komissiyasi Rossiya va Belarusdan elektr energiyasi importini taqiqladi. Bu haqda «Yevropeyskaya solidarnost» fraksiyasi deputati Aleksey Goncharenko o‘z Telegram-kanalida ma'lum qildi.
Uning yozishicha, bu mamlakatlardan Ukrainaga elektr energiyasi importi 2021 yil 1 oktyabrgacha taqiqlangan.
Avvalroq Ukraina energetika vaziri German Galushchenko Rossiya va Belarusdan elektr energiyasi import qilinishini taqiqlashni so‘rab milliy komissiyaga murojaat qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlardan energiya import qilinishi Ukrainaning energetika sohasidagi strategik maqsadlariga zid bo‘lib, energetika xavfsizligiga tahdid soladi.
13 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va Belarusdan elektr energiyasi import qilinishini cheklash ko‘zda tutilgan qonunni imzolagandi.
Mavzuga oid
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026