Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada besh nafar tojikistonlik terrorizmda ayblanib uzoq muddatga qamaldi
Qayd etilishicha, ularga IShIDning Suriyadagi «tojik qanoti» rahbari Tojiddin Nazarov internet-messenjer orqali ko‘rsatma berib turgan.
Moskvada besh nafar tojikistonlik 2018-2019 yillarda terrorchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rish ishi bo‘yicha sudlandi. Ular 9 yildan 17 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
"Arabov Lutfullo 15 yilga, Mirzoyeva Mirzomahmud – 12 yilga, Rajabov Nurullo – 17 yilga, Xochayev No‘'mon – 11 yilga, Shokirov Shodmon – 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular jazoni qat'iy rejimdagi koloniyada o‘tashi belgilab qo‘yildi", deb xabar berdi RIA Novosti.
Ular terakt tayyorlash, terroristik jamiyat tuzish va noqonuniy qurol aylanmasida ayblangan.
«Kommersant'» nashrining yozishicha, ayblanuvchilar 2018 yil 25 oktyabrda qo‘lga olingan.
«Tintuv chog‘ida ayblanuvchilarning yashash joyidan o‘qotar qurol, o‘qlar, aloqa vositalari, IShID ramzlari, 6 mln rubl, 20 ming dollar va qaysi terakt uchun qancha pul ketishi hisoblangan qaydlar topilgan», – deyiladi «Kommersant'» xabarida.
Qayd etilishicha, ularga IShIDning Suriyadagi «tojik qanoti» rahbari Tojiddin Nazarov internet-messenjer orqali ko‘rsatma berib turgan.
Mavzuga oid
09:59 / 17.07.2026
Moskva birjasi indeksi 2022 yildan beri ilk bor 2000 punktdan pastladi
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026