Bir neça oy avval biz bilan suhbatlaşgan Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov hozirgi zamon matbuotining ajralmas qismi bölgan ijtimoiy tarmoqlarga doir qonunçilikdagi özgarişlar va xorijiy mulkdorlarga qöyilayotgan talablar haqida gapirib ötgan edi.
«Aslida har bir davlat fuqarolarining ma'lumotlar bazasi öşa davlatning özida bölgani töğri. Masalan, Facebook’dagi Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlari joylaşgan serverlari özimizda bölişi töğri. Xuddi şunaqa boşqa ijtimoiy tarmoqlarda ham.
Lekin, bu qançalik ular [xorijdagi mulkdorlar] uçun iqtisodiy tarafdan ma'qul narsa? Bu katta savol. Çunki sizni heç kim Facebook, Instagram yoki Twitter’ga majburlab kirgizmaydi. Ular servisni yaratdi va hammaga imkoniyatni teng qilib qöydi. Xohlang kiring, xohlamasangiz yöq, aslida.
Uşbu dasturlarga kirib foydalanayotgan har bir insonning telefonida ilovalarni örnatişdan avval, rasmlar, kontaktlar, joylaşuv va boşqa ma'lumotlar uçun dostup söraladi. Biz tuşunmasdan rasm yuborişim uçun kerakdir deb rozilik berib yuboramiz, aslida ilova rasmlaringizdan tortib barça şaxsiy ma'lumotlaringizni olib çiqib ketişga huquqi bor.
Barça fuqarolarning şunday ma'lumot bir joyda jamlanganidan keyin bu katta bir qurolga aylanadi. Bu har qanday davlatga nisbatan ularning imkoniyatlari va ta'sir kuçini oşiradi. Şu kabi xavfsizlik nuqtai nazaridan ham [serverlarning] Özbekistonda bölişi muhim.
Lekin, bu qonun bölişi va işga tuşişini sal ertaroq deb hisoblayman. Çunki bunday qonunni çiqarib, uni amalga oşirişimizdan oldin, özimizda şularga nisbatan alternativ resurslarni yaratib olişimiz kerak edi. Masalan, Rossiyada ham şu qonun bor, matbuotda öqiyapmiz, hozir ularda şu mavzuda «jang» ketyapti.













