Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Yevropa bo‘ylab safarga otlandi
Bayden Yevropaga safari doirasida Yettilik guruhi, NATO, AQSh-YeI sammitlarida qatnashadi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden xorijga ilk safarini boshladi. Oq uy rahbarining samolyoti Vashingtondagi aviabazadan Buyuk Britaniyaga yo‘l oldi.
Bayden Yevropaga safari doirasida Yettilik guruhi, NATO, AQSh-YeI sammitlarida qatnashadi.
AQSh prezidenti 10 iyun kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ertasi kuni Karbis-Bey shahrida Yettilik guruhi (Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya, Germaniya va Yaponiya) sammiti boshlanadi.
Bayden 13 iyun kuni qirolicha Yelizaveta II tomonidan qabul qilinadi.
Bryusselda AQSh prezidentini Belgiya qiroli Filipp qabul qiladi va Bayden mamlakat bosh vaziri Aleksander De Kroo bilan uchrashadi.
Shuningdek, Bayden Jyenevada Shveytsariya prezidenti Gi Parmelen va tashqi ishlar federal departamenti rahbari Inyatsio Kassis bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Sammitlar doirasida AQSh prezidenti yig‘ilishga tashrif buyurgan boshqa davlatlar rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirgan.
16 iyun kuni esa Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
14:34 / 04.03.2026
Yevropada gaz narxi so‘nggi uch yildagi eng yuqori darajaga yetdi
07:43 / 04.03.2026
Afrika qanday bo‘lib tashlangan? Yevropaning mustamlaka xaritasi
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
15:22 / 21.02.2026