Darhaqiqat, ön yildirki şaharning qoq markazidagi köçada yaşovçilar qişda loyga, yozda esa çangga botib yaşamoqda. Köçaning ta'miri tugamayotgani oqibatida savdo-sotiq uçun qulay bölgan joydagi dökonlar va oşxonalar ham yurmay qolgan.




Aholi vakillari muammoli holat böyiça şahar hokimligi heç qanday çora körmayotgani haqida gapirişdi.
“Ön yildan beri axlatxonaga aylanib qolgan köçamiz qaçon önglanar ekan, bilmaymiz. Bolalarga öynagani maydonça yöq. Yozi bilan çangda, qişda loyda öynaşadi. Hammayoq qurilişdan qolgan çiqindilar. Köçamiz bilan na hokimning, na mahalla oqsoqolining işi bor”, deydi Nodiraxon Ahmedova.

“Yaxşi niyatlar bilan oşxona qurgandim. Axir şaharning qoq markazida yaşaymiz. Atrof töla turli işxonalar. Biroq köçamizning çang-loyligi uçun birov kelmayapti. Iltimos, rahbarlar bizning köçadan bir xabar olib turişsin”, deydi Elyorbek Haydarov.

Yuksaliş köçasi bir vaqtlar şaharning eng gavjum sayrgohi bölgan Istiqlol köçasiga tutaşgan. Istiqlol köçasidan ayni paytda fayz qoçgan. Köça avtomobillar turargohiga aylangan. Şaharning eng fayzli sayilgohidagi bugungi holatga keyingi safar alohida töxtalamiz.



Elmurod Ermatov tayyorladi,
Tasvirçi va montajçi Jahongir Mahmudov.










