16 iyun kuni Hindistonning Agra şahridagi Toj-Mahal maqbarasi taşrif buyuruvçilar uçun oçildi. Bu haqda Hindustan Times naşri xabar berdi.

Majmua mamlakatda koronavirus tarqalişi avj olgani sababli ikki oy avval yopilgandi. Naşrning yozişiça, majmua hududiga bir vaqtning özida 650 nafargaça kişi kirişiga ruxsat beriladi. 

"Barça taşrif buyuruvçilar niqobda bölişi şart", - dedi Agra şahri arxeologiya boşqarmasi boşliği Vasant Kumar Savarnkar.

Uning sözlariga köra, çiptalarni faqat onlayn sotib oliş mumkin. Toj-Mahal devorlariga qöl tekkiziş qat'iyan taqiqlanadi. 

Ma'lumot berilişiça, ilgari Toj-Mahalga kuniga örtaça 40 mingga yaqin kişi taşrif buyurgan.