Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm viloyati filialida buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli ötkazildi. 

Murakkab operatsiya toşkentlik mutaxassislar va mahalliy şifokorlar hamkorligida amalga oşirildi.

Tibbiyot fanlari doktori Farhod Hojiboyev rahbarlik qilgan amaliyot jarayoni qariyb 5 soat davom etdi. Boğot tumanida yaşovçi 33 yoşli Yulduz Rözmetova öz turmuş örtoği, 36 yoşli Mardon Polvonovga bir buyragini berdi. Amaliyotdan keyin ikkalasining ham ahvoli yaxşi. 

«Markazimiz tomonidan bunday noyob amaliyot 137 marta ötkazilgan. Ammo ilk bor Xorazm viloyatida bajarildi», deydi markaz boş direktori Davron Tölaganov. 

«Maqsadimiz çekka hududlar aholisining ortiqça ovoragarçiliklarsiz malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişdir».

«Turmuş örtoğim bir yildan buyon gemodializ muolajasi olib keladi. Tumanimiz viloyat markaziga uzoqligi bizga ança noqulaylik tuğdirardi. Hatto Hindistonga borib davolatişga ham rozi edik. Juda qimmat turadigan amaliyot viloyatimizning özida bepul amalga oşirilganidan xursandmiz», deydi Yulduz Rözmetova.

Filialda ikkinçi noyob amaliyotga tayyorgarlik körilmoqda.