Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga uch yil ichida kamida 5 mln nafar mehnat migranti jalb etilishi kerakligi aytildi
Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullinning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya bois chegaralar yopilgani va 1990-yillardagi demografik inqiroz tufayli hozirda mehnat resurslarining keskin yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Rossiya 2024 yilgacha kamida 5 mln nafar mehnat migrantini jalb etishi lozim. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin aytdi, deb yozadi Rossiyskaya gazeta.
Xusnullinning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya bois chegaralar yopilgani va 1990-yillardagi demografik inqiroz tufayli hozirda mehnat resurslarining keskin yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Ta'kidlanishicha, 2024 yilgacha kamida 5 mln nafar migrant jalb etilishi lozim.
«Hozirda hukumat raisining topshirig‘iga ko‘ra yondashuvlarni ishlab chiqmoqdamiz – bular qanday resurslar, ular bilan qanday ishlaymiz, ular mamlakat rivojiga maksimal hissa qo‘shishlari uchun nima qilamiz», – dedi u.
Avvalroq Rossiyadagi migrantlar uchun mamlakatda noqonuniy bo‘lib turish muddati uzaytirilgandi.