Qayd etilişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalişi xavfi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy holatini tartibga soliş böyiça vaqtinçalik çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni doirasida Rossiya IIV hamda Özbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari hamkorligida 2020 yilda Rossiya hududida vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan 50 ming 700 nafar özbekistonlikning maqomi qonuniylaştirildi.

Hozirgi kunda uşbu farmonga kiritilgan özgartirişlar asosida Rossiya hududida noqonuniy bölib turgan Özbekiston fuqarolariga 2021 yil 30 sentyabrga qadar öz maqomlarini qonuniylaştirişga ruxsat berildi.

“Şu fursatdan foydalanib, uşbu davlat hududida noqonuniy bölib turgan vatandoşlarimizni 2021 yilning 30 sentyabriga qadar yaşaş joyidagi tegişli Rossiyaning içki işlar organlariga murojaat qiliş orqali öz holatini qonuniylaştiriş huquqidan foydalanişga çaqiramiz.

Bunda Rossiyaning içki işlar organlari tomonidan noqonuniy ravişda bölib turgan Özbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma'muriy çiqarib yuboriş, deportatsiya qiliş çoralari qöllanilmaydi hamda ularga yaşaş joyidagi migratsiya bölimidan qayta röyxatdan ötiş imkoniyati beriladi”, deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinişiça, uşbu masalada yordam beriş maqsadida Özbekistonning Moskva şahridagi elçixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Boş konsulxonalariga hamda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qiliş mumkin.