Yevro-2020. 1/8 final
Angliya — Germaniya — 2:0 (0:0)
Gollar: Sterling, 75 (1:0). Keyn, 86 (2:0).
Angliya: Pikford, Uoker, Maguayr, Stouns, Tripper, Fillips, Rays (Henderson, 88), Sterling, Saka (Griliş, 69), Şou, Keyn.
Germaniya: Noyyer, Hummels, Ginter (Emre Jan, 87), Ryudiger, Kimmih, Goretska, Kroos, Havers, Myuller (Musiala, 90+2), Gozens (Sane, 88), Verner (Gnabri, 68).
Ogohlantirişlar: Rays, 8. Ginter, 25. Fillips, 45. Gozens, 72. Maguayr, 77.
Hakamlar: Makkeli. de Fris, Stegstra (barçasi — Niderlandiya).
VAR: van Bukel. Blom (ikkisi — Niderlandiya), Prieto Lopes de Serain, Ernandes-Ernandes (ikkisi — Ispaniya).
29 iyun. London. «Uembli» stadioni.
JÇ-2014da oltin. JÇ-2010da bronza. Yevro-2008da kumuş. Yevro-2012 va Yevro-2016 turnirlarida bronza. 2017 yilgi Konfederatsiyalar kubogida oltin. Va sönggi ikki yirik turnirda muvaffaqiyatsizlik - JÇ-2018da guruhdan çiqa olmaslik, Yevro-2020 1/8 finalida turnirni tark etiş. Şu tariqa, Lyovning «Bundestim»dagi faoliyatiga yakun yasaldi. Umuman olganda, a'lo natijalar, ammosi bor...
Seşanba kuni qadrdon «Uembli»da «Uç şerlar» kuçliroq ekani ma'lum böldi. Inglizlar konkretroq yondaşdi, aniqroq öynaşdi, qat'iyatliroq bölişdi. Bular esa Sterling va Keynning gollariga olib keldi.
Angliya va Germaniya qarama-qarşiligi har qanday zamonda va har qanday vaziyatda - alohida ahamiyat kasb etadi. Bu qarama-qarşilik ildizlari uzoq tarixga ega, eng yorqin lahzalar esa 1966 yilgi jahon çempionati finalida sodir bölgan, öşanda inglizlar bahsli gol urişgandi. Jyeffri Herstning ğalaba goli urilganda töp darvoza çiziği ustidan maydonga qaytgan, ammo öşanda qanot hakami bölgan Tavfiq Bahromov golni inobatga olgandi va yakunda Angliya jahon çempioniga aylangandi.
Bu inglizlarning jahon va Yevropa çempionatlaridagi yagona sovrini bölib qolmoqda. Nemislar esa 7 bor çempion bölib ulgurişdi.
Bu şunçaki ğalaba qozonib keyingi bosqiçga ötiş kerak bölgan 1/8 final öyini emasdi. Öyinning ahamiyati yuqoriroq edi.
Statistikaga qarab bir narsa deyiş qiyin. Nemislar «Uembli»da 1975 yildan buyon mağlub bölişmagan — yetti ğalaba va bir durang. Xususan, 1996 yilgi Yevropa çempionatida penaltilar seriyasida Germaniya ustun kelgan. Şu bilan birgalikda, jami uçraşuvlar hisobga olinsa, inglizlar ustun: 16 ğalaba, 7 durang va 13 mağlubiyat. Bundestimni heç qaysi jamoa bu qadar köp mağlub etmagan.
Sönggi statistika ma'lumotlar esa nemis muxlislarini ranjitadi: Germaniya sönggi 9 öyinda 15ta gol ötkazib yuborgan, inglizlar esa atigi bitta. Sautgeyt jamoa himoyasini betonlab taşlagan. U joriy turnirda himoyani yanada mustahkamladi va uç markaziy himoyaçi bilan harakatlanmoqda - Uoker, Maguayr va Stounz. Muxlislar jamoa öyini zerikarli bölayotganidan norozi bölayotgan bölişsa-da, bu uslub natija bermoqda.
Germaniyaga qarşi öyin startida Sautgeyt Çexiya bilan taqqoslaganda birgina özgartiriş amalga oşirdi - Griliş örnida Tripper maydonga tuşdi. Yoaxim Lyov Vengriyaga qarşi keçgan omadsiz öyindan keyin jiddiy özgarişlar qildi: Gundöğan, Sane va Gnabri örnida Goretska, soğaygan Myuller va Verner boşlanğiç tarkibdan örin oldi.
Britanlar boş murabbiyi Garet Sautgeyt germaniyalik hamkasbidan farqli ölaroq, kötariliş bosqiçida. Uning boşqaruvida futbol vatani vakillari Rossiyadagi jahon çempionati yarimfinaliga qadar borişgan, hozirda esa jamoaning salohiyati yanada yuqoriroqdek körinmoqda. Angliya öyinini heç kim juda kuçli deb baholamaydi, ammo boş murabbiy pragmatik öyin bilan barqaror natijalar körsatib kelmoqda: kerak vaqtda hujumkorlik, kerak vaqtda pressing, kerak vaqtda töpni nazorat qiliş, vaziyatdan kelib çiqib töğri harakatlaniş.
Kimdir bu öyindan xuddi avvalgi oqşomda bölgani kabi gollar yomğiri kutgan bölsa (Xorvatiya - Ispaniya 3:5, Fransiya - Şveytsariya 3:3), uni xafagarçilik kutayotgandi. Bu öyinda xatoning qiymati juda yuqori edi, bu öyinda nima bölganda ham mağlub böliş mumkin emasdi. Ham Yevrodan çiqib ketasan, ham tarixiy uçraşuvni boy berasan. Natijada, birinçi bölimda Verner va Keyn birgalikda jami bölib 21 marta töpga teginişdi.
Nemislar öyin boşidan raqibni taslim etişga harakat qilişdi, Goretska darvozabon bilan yakkama-yakka holatga çiqib borişi mumkin edi, ammo unga tezlik yetişmadi, Rays sariq kartoçka olib bölsa ham raqibni töxtatib qoldi. Yana bir vaziyatda Verner şunday holatga çiqib bordi ham, ammo u öziga xos tarzda vaziyatni kökka sovurdi.

Angliyaliklar qat'iyat bilan va barqaror ravişda hujumlar amalga oşirişdi. Ammo eng yaxşi vaziyat birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda yuzaga keldi - Myuller töpni yöqotib, raqibning tezkor xavfli hujumiga sababçi böldi - Hummels qandaydir möjiza bilan Keyndan özib ketdi.
Birinçi bölim zerikarli keçdi, ikkinçi bölim esa juda zerikarli boşlandi, murabbiylar şaxmat öynaşga kirişdi. Bu holat 75-daqiqagaça davom etdi, şu daqiqada inglizlar ideal hujum uyuştirib nemislar himoyasini uç uzatma bilan doğda qoldirdi. Hujumga yakuniy nuqtani Sterling qöydi - Angliyaning Yevrodagi şu vaqtgaça urilgan uç goli muallifi.
Şundan keyin öyin jonlandi. Myuller yaqqol vaziyatdan gol ura olmadi. 2018 yilgi jahon çempionatidan keyin terma jamoadan ketgan, ammo Yevro-2020 arafasida qaytarilgan faxriy futbolçi xato zarba berdi. Hisob 1:1 bölişi örniga 0:2 böldi - Keyn öz vaziyatidan foydalandi.
Verner va Myuller öz vaziyatlaridan foydalanganida öyin qanday yakunlangan bölardi, bunisi qoronği. Ammo «Çelsi» forvardining zarbasini Pikford qaytardi, «Bavariya»ning faxriy futbolçisi birga-bir vaziyatda töpni darvozaga töğri tepa olmadi. Sterling va Keyn esa kombinatsiyalarga sovuqqonlik bilan yakun yasaşdi. Şafqat qilmasdan. Nemislarga xos tarzda.

Sautgeyt davridagi «Uç şerlar» nemislarning eng yaxşi davrlarini yodga solmoqda. Inglizlar sabr qilişni va öz vaqtini kutişni örganişdi, ular 90 daqiqa davomida bir yoki ikki vaziyat bölsa, şundan foydalanişni örganişdi.
Sautgeyt uçun bu ğalaba — revanş, u buni 25 yil kutdi. 1996 yilning 26 iyun kuni Garet «Uç şerlar» safida Angliya mezbonligida keçgan Yevropa çempionati yarim finalida Germaniyaga qarşi öyin yakunida bölib ötgan penaltilar seriyasida xato qilgan yagona futbolçi bölgandi.
Bu ğalaba ahamiyatini anglaş uçun uning hakamning öyin tugagani haqidagi huştagidan keyingi xursandçiligiga boqiş kifoya.
1980-1990 yillarda ingliz futboli yulduzi bölgan Gari Linekerning «futbolda 22 kişi öynaydi, yakunda baribir nemislar ğalaba qozonadi» iborasi endi işlamaydi. Tavqi la'nat kuçini yöqotdi.
Angliya öz yölida davom etadi. Ehtimol mezbonlar «Uembli»dagi finalda ham öynaşar - Sautgeyt jamoasi darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda. Germaniya esa qatorasiga ikkinçi bor katta turnirda muvaffaqiyatsizlikka uçradi - 2018 yilgi jahon çempionatida amaldagi çempionlar bölib ham guruhdan çiqa olişmagandi. Lyovga tarkibni yoşartiriş ham, Hummels va Myuller kabi faxriylarni qaytariş ham yordam bermadi.
Lyovning terma jamoadagi uzoq davom etgan yöli yakunlandi - u 2006 yildan buyon jamoani boşqarib kelayotgandi.
Endi jamoani inqirozli vaziyatdan olib çiqiş uçun Hans-Diter Flik harakat qilib köradi. Bu jamoani qaysi futbolçi öz ortidan ergaştirişini köriş qizi, bir qaraşda tarkibda kuçli futbolçilar jamlangan. Umuman, şunday futbolçi bölarmikin.
Auf Wiedersehen, Deutschland*. Welcome, England!**
*Xayr, Germaniya (nem.) **Xuş kelibsan, Angliya (ingl.)













