Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Rossiya mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Avvalroq Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat yuzasidan yordam so‘rasa, KXShT unga yordam berishga tayyorligi ma'lum qilingandi.
Foto: RIA Novosti
Dushanbeda Tojikiston yuqori palatasi rahbari Rustami Emomali va Rossiya davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar berdi TASS.
Xabarda aytilishicha, tomonlar transmilliy tahdidlar, mintaqa xavfsizligi va tinchligi masalalarini ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlari deb e'tirof etgan.
"Afg‘oniston chegarasidagi beqaror va noaniq vaziyat afg‘on muammosi bo‘yicha muloqotni davom ettirish, muntazam harbiy tayyorgarlikni ta'minlash hamda Rossiya bilan mudofaa, xavfsizlik va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlashni talab qiladi", - deyiladi xabarda.
Volodin Dushanbega KXShT parlament assambleyasi kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan.
22 iyunda Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasini qo‘riqlayotgan afg‘on chegarachilari toliblar hujumiga uchragan. To‘qnashuvlar davomida 134 nafar afg‘on harbiysi Tojikistondan boshpana so‘rashga majbur bo‘lgan. 27 iyunda esa yana 17 nafar afg‘on harbiysi toliblar bilan to‘qnashuvlar vaqtida chekinib, Tojikiston tomonga o‘tgan.
28 iyun kuni KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat yuzasidan yordam so‘rasa, KXShT unga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
22:15 / 29.12.2025
Rossiya Ukrainani Putinning qarorgohiga hujum qilganlikda aybladi
18:11 / 29.12.2025
“Gospitalga borish uchun qo‘limda granata portlatdim” – Rossiya armiyasiga yollangan shaxs qamaldi
14:18 / 29.12.2025
ZAES yaqinida ta’mirlash davomida o‘t ochish vaqtincha to‘xtatildi
14:10 / 29.12.2025