Jahon | 14:50 / 12.07.2021
4551
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada xorijliklarga vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini berish o‘rniga soddalashtirilgan tartib joriy etish taklif qilinmoqda

Avvalroq Vladimir Putin migratsiya rejimini isloh qilish taklifi bilan chiqqandi. 

Rossiya ichki ishlar vazirligi xorijliklarning mamlakatga kirish va bo‘lib turish qoidalarini o‘zgartirishni taklif qildi.

Vazirlik migratsiya rejimini isloh qilish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini tayyorladi. Loyihada jumladan, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini berish amaliyotidan voz kechish taklif qilinmoqda.

«Doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun umumiy va soddalashtirilgan tartib joriy etiladi. Rossiyada vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini berishdan voz kechish taklif qilinmoqda», — deyiladi mamlakat IIV xabarida.

Avvalroq mamlakat prezidenti Vladimir Putin migratsiya rejimini isloh qilish taklifi bilan chiqqandi. 

1 iyul kuni Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning tibbiy tekshiruvi natijalari haqidagi axborot saqlanuvchi yagona federal sanitar-epidemiologik ma'lumotlar bazasini tashkil etish haqidagi qonunni imzoladi.

Endilikda Rossiyada yashash huquqini, ishlashga ruxsat yoki mehnat patentini olishni istovchi xorijliklar mamlakat hududida tibbiy tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Jumladan, ular giyohvand moddalar yoki psixotrop moddalar iste'mol qilish, o‘zlarida OIV va boshqa xavfli yuqumli kasalliklar borligiga tekshiruvdan o‘tishlari lozim.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid