Jahon | 14:42 / 12.07.2021
6544
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Rossiya vaksinasini tan olishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi

Avvalroq Xitoy va Rossiya chegaralarni ochishi hamda Rossiyaning «Sputnik V» va Xitoyning CoronaVac vaksinalarini o‘zaro tan olishi haqida xabar tarqalgandi.

Foto: Getty Images

Rossiya va Xitoy koronavirusga qarshi vaksinalarni o‘zaro tan olishi to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga mos emas. Bu haqda Xitoyning Vladivostokdagi bosh konsulxonasi ma'lum qildi.

Avvalroq Deita portali Xitoy va Rossiya chegaralarni ochishi hamda Rossiyaning «Sputnik V» va Xitoyning CoronaVac vaksinalarini o‘zaro tan olishi haqida e'lon qilishi to‘g‘risida xabar bergandi.

«Xitoyning Vladivostokdagi bosh konsulxonasi bu ma'lumot haqiqatga mos kelmasligini bildiradi. Hozirda bosh konsulxona bu borada hech qanday ma'lumotga ega emas», — deyiladi bosh konsulxona xabarida.

CoronaVac vaksinasi Xitoyning SinoVac kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkinchi vaksina hisoblanadi. Mamlakatda birinchi vaksina Sinopharm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Har ikki vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ma'qullangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid