Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston elchixonasi Moskvada migrantlarning ommaviy mushtlashuviga nima sabab bo‘lganini aytdi
Elchixonaning bildirishicha, ommaviy mushtlashuvga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan noto‘g‘ri ma'lumot sabab bo‘lgan.
Moskvadagi «Kuzminki» metro bekati yaqinida migrantlarning ommaviy mushtlashuviga qirg‘izistonlik fuqarolar bilyard klubida jarohat olganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan noto‘g‘ri ma'lumot sabab bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘izistonning Moskvadagi elchixonasi matbuot xizmatiga tayanib RBK xabar qildi.
Elchixonaning ma'lumot berishicha, 10 iyul kuni to‘rt nafar qirg‘iz Ximki shahridagi «Blok Post» bilyard klubida jarohatlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda ularning tibbiy yordam mashinasida o‘tirgan surat va videolari tarqalgan.
«Ayrim fuqarolar bu holatni faol muhokama qilgan va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma'lumotlar tarqalgan», — deyiladi elchixona xabarida.
Shundan so‘ng noma'lum shaxslar «Kuzminki» metro bekati yaqiniga yig‘ilish tashabbusi bilan chiqqan va «qirg‘iz va tojik migrantlari orasida millatlararo nizo keltirib chiqargan». Elchixonaning ma'lumotiga ko‘ra, ommaviy mushtlashuvda 180 kishi qatnashgan, 103 kishi, jumladan, 72 nafar Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni Moskvada «Kuzminki» metro bekati yonida markaziy osiyolik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani xabar qilingandi. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, mushtlashuvda 50dan 200 nafargacha odam ishtirok etgan. OAVda mojaro o‘zbek va qirg‘iz ishchilari o‘rtasida ro‘y bergani aytilgandi.
Keyinroq Moskva shahar IIV bosh boshqarmasi ommaviy mushtlashuvda Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari qatnashgani, uning ishtirokchilari Rossiyadan deportatsiya qilinishi haqida xabar qildi.
Bundan tashqari, ular sud qaroriga ko‘ra jarimaga tortiladi. «Qator shaxslarga nisbatan» Rossiyaga kirish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026