Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda qatnashgan migrantlar deportatsiya qilinadi
Ma'lumot berilishicha, mushtlashuvdan so‘ng politsiya bo‘limlariga 103 nafar shaxs olib kelingan. Ularga nisbatan mayda bezorilik va Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzish moddalari bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar tuzilgan.
Moskvadagi «Kuzminki» metro bekati yaqinida ommaviy mushtlashuvda qatnashgan migrantlar Rossiyadan deportatsiya qilinadi. Bu haqda Moskva shahar IIV bosh boshqarmasi xabar qildi.
Bundan tashqari, ular sud qaroriga ko‘ra jarimaga tortiladi. Aniqlik kiritilishicha, «qator shaxslarga nisbatan» Rossiyaga kirish taqiqlanadi.
Ma'lumot berilishicha, mushtlashuvdan so‘ng politsiya bo‘limlariga 103 nafar shaxs olib kelingan. Ularga nisbatan mayda bezorilik va Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzish moddalari bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar tuzilgan.
13 iyul kuni «Kuzminki» metrosi bekati yaqinida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Nizoda Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari qatnashgan.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026