16 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini takomillaştirişga doir prezident qarori imzolandi.

Qarorga asosan, Islom sivilizatsiyasi markazi:

  • «Uçinçi Renessans – Yangi Özbekiston» ğoyasini keng tarğib qiluvçi;
  • mamlakat tarixining yangi yuksaliş davridagi yutuqlarini ilmiy asosda örganuvçi, uni keng jamoatçilikka yetkazib beruvçi;
  • moddiy-madaniy meros namunalarini, islom dini bilan boğliq qadimiy va boy an'analarni tarğib qiluvçi ilmiy-ma'rifiy maskanga aylantiriladi.

Quyidagilar markazning yangilangan asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • muqaddas islom dini bilan boğliq boy merosni ilmiy tadqiq etiş, uning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi örnini innovatsion usullar orqali tarğib qiliş;
  • Özbekistonda yuz bergan umummilliy yuksalişlar, tarixiy renessanslarning ildizlari va mazmun-mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa, yoşlarga yetkaziş böyiça zarur çoralarni köriş;
  • buyuk ajdodlarning jahon tamadduni, diniy va dunyoviy ilmlar rivojiga qöşgan hissasini eng zamonaviy usullar va vositalar orqali yoritib boriş;
  • yoşlarni ilm-ma'rifatga da'vat etadigan, milliylik va diniylik örtasidagi uyğunlik mohiyatini keng tarğib qilişga qaratilgan media mahsulotlar, ilmiy işlanma va tavsiyalarni tayyorlaş;
  • ziyorat turizmining ilmiy asoslari böyiça yetarli nazariy bilim va amaliy könikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlaş hamda ularning malakasini tizimli oşirib borişni ta'minlaş;
  • ilm-fanning jadal taraqqiyotini körsatib beruvçi sermazmun eksponatlar fondi, qölyozma va zamonaviy naşrlardan iborat boy kutubxonalar tizimini şakllantiriş hamda ularning jahon muzeylari va kutubxonalari tarmoğiga ulanişini ta'minlaş;
  • Özbekiston xalqining islom sivilizatsiyasiga qöşgan hissasi böyiça fundamental tadqiqotlar dasturlari va ilmiy loyihalarni işlab çiqiş va ularning amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaş;
  • islom sivilizatsiyasini tadqiq etiş sohasining dolzarb ilmiy-nazariy va uslubiy masalalariga bağişlangan konferensiyalar, simpoziumlar, körgazmalar va ilmiy ma'ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boşqa madaniy-ma'rifiy tadbirlarni doimiy taşkil etib boriş;