Qarorni qabul qilişdan közlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹eng iqtidorli yoşlar va yuqori salohiyatli professor-öqituvçilarning ilmiy maktablarini şakllantiriş;
🔹xalqaro standartlar va ilğor tajriba asosida tibbiyot sohasida ta’lim, amaliyot hamda ilmiy tadqiqot faoliyati uyğunligini ta’minlaş, soha uçun raqobatbardoş va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş.
Universitet huzurida Ilğor bilim va tajribalar transferi markazi taşkil etiladi.
2025-2026 öquv yilidan universitetning magistratura mutaxassisliklari talabalariga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ta’limning bakalavriat bosqiçiga joriy qilingan davlat grantini ajratiş tartibi joriy etiladi.
2027 yil 1 dekabrgaça universitet uçun olib kelinadigan va muqobili Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovçi qismlar bojxona tölovlaridan (QQS, aksiz soliği va bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod etiladi.












