7 gektardan ortiq yer maydonida 3 qavatli markaz binosi qad kötargan. Markaz direktori bino içini töldiriş, yoşlarga foydasi tegadigan maskanga aylantiriş ham katta mas'uliyat talab etişini qayd etib ötdi.
Ma'lum qilinişiça, ayni paytda Yoşlar akademiyasi markaz bilan hamkorlik boşlagan. Markazda taşkil etiladigan muzey uçun eksponatlar tayyorlanmoqda. Bundan taşqari, bu yerga taşrif buyuradigan bolalarga ekskursiya dasturlari elektron tarzda taqdim etilişi rejalaştirilgan. Ularda qiziqişni oşiriş maqsadida bu jarayon robotlaştiriladi va bu respublikada bolalarga maxsus dastur asosida xizmat körsatuvçi birinçi muzey böladi. Hozirda xizmat körsatuvçi ilk robot tayyor bölgan.

«Bizning oldimizga qöygan maqsadimiz Islom dinining asl mohiyatini körsatiş. Bu din tinçlik dini ekanligini nomining özi ham körsatib turibdi. Muzeyga eksponat sifatida Zamaxşariyning öşa davrdagi ensiklopediya şaklida yaratilgan, arab va lotin tillarida izohlangan kitobini oldik. Birinçi navbatda markazda tarjima qiladigan asarlarimizdan bittasi aynan şu kitob böladi», deya ta'kidladi markaz rahbari.


U markaz hududini kengaytiriş nazarda tutilganini, markaz atrofi boğ qilinib, suv havzasi, favvoralar, tadbirlar, jumladan hayit namozlari ötkaziladigan maydon barpo etilişini qöşimça qildi.
«Bu yer nafaqat ma'rifat markazi, balki xalqimiz dam oladigan maskanga aylanadi. Ham mulkimiz, ham faxrimiz bölib asrlar mobaynida yoşlarga xizmat qiladi», dedi u.










