Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi «Allomalar merosi» öquv markazida Qur'oni karimni örganiş kurslari taşkil etildi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Taşkilotçilarning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, öquv kurslari uç bosqiçda amalga oşiriladi:
- 1-bosqiç – arab harflarini örgatiş (1 oy):
- 2-bosqiç – tajvid bilan öqiş qoidalari (3 oy);
- 3-bosqiç – Qur'oni Karimni öqiş va yodlaş (7 oy).
Guruhlar tinglovçilarning bilim darajasi, yoşi, jinsi va boşqa pedagogik şartlarga muvofiq 16-20 kişilik bölib, davomiyligi öquvçining özlaştiriş darajasiga boğliq böladi. Öquvçilarning yoşi çegaralanmagan va bilim darajasiga qarab istalgan kursni bosqiçdan boşlaşlari mumkin.
Bir hafta davomida ikki martadan bölişi rejalaştirilgan kurslarning bir oylik narxi 400 ming söm.
Kurslar hozirça Toşkent şahri va Toşkent viloyatida mavjud. Taşkilotçilar talab va imkoniyatlardan kelib çiqib keyinroq boşqa hududlarda ham Qur'on kurslari oçilişi mumkinligini istisno qilmadi.
«Imkoni boriça ariza berganlarning barçasi qamrab olinadi, bunda guruhlarning şakllanişi va resurslarimizga qaraymiz. Kurslarini bitirgan tinglovçilarga öquv markazining sertifikati taqdim etiladi. Lekin, bu sertifikat ular boşqalarni Qur'oni Karimni öqitişiga ruxsatnoma yoki ijoza hisoblanmaydi,” – dedi Kun.uz bilan gaplaşgan markaz xodimi.
Öquv kursiga yoziliş uçun uşbu havola orqali onlayn röyxatdan ötiş kerak.
Özbekiston Musulmonlari idorasi ma'lumotlariga köra, 2018 yildan boşlab Özbekistondagi 12 ta – oliy va örta maxsus diniy ta'lim muassasalari, 5 ta – ilmiy maktablari qoşida, jami 17 ta pullik «Qur'oni karim va tajvid» kurslari faoliyat körsatmoqda. Bu kurslar 3 oy davom etadi va umumiy narxi 980 ming söm atrofida.











