Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Spark» qoidalarni buzib «Jiguli» bilan to‘qnashdi. Bir kishi vafot etdi
Samarqand viloyati Nurobod tumanida «Spark» mashinasi quvib o‘tish qoidalarini buzib «Jiguli» bilan to‘qnashdi. Oqibatda «Jiguli» haydovchisi vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 14 iyul kuni soat 19:30larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-52 avtomobil yo‘lining Nurobod tumani Mash'al mahallasi hududidan o‘tgan 23-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Spark» mashinasi quvib o‘tish qoidasini buzib harakatlangan va ro‘paradan kelayotgan «Jiguli» mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda «Jiguli» mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan va uning haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Nurobod tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026